Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (2019-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-599-sonli Qonun)
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-400-sonli Qonun)
O‘zbekiston Respublikasi
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining
2022 yilgi tahririni joriy etish amalga kiritilishi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2022 yilgi tahririni joriy etish to‘g‘risida”gi
PQ-460-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasinining 2022 yilgi tahriri tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasinining yangi tahriri 2023 yilning 1 yanvardan boshlab amalga kiritildi.
Jahon bojxona tashkiloti tomonidan Uyg‘unlashtirilgan tizim doirasida 350 dan ortiq o‘zgartirishlar kiritildi.
Shuningdek‚ O‘zbekistonning tashqi savdo munosabatlari va milliy manfaatlaridan kelib chiqqan xolda eksportga qaratilgan mahalliy mahsulotlar (to‘qimachiliq‚ ip-kalava‚ oziq-ovqat‚ yog‘-moy mahsulotlari) detallashtirilishdi.
Qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi va tadbirkorlarning ko‘plab taklif va mulohazalari inobatga olindi.
Mazkur o‘zgartirishlar amalda joriy etilishi natijasida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini qo‘llab-quvvatlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni tashkil etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2022 yilgi tahriri bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.