Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi taqdim etadi. 

Inson kitob bilan, kitob inson bilan tirik! 

YouTube'da ko‘rish

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi taqdim etadi.

MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I! 

Milliy bayrog‘imizdan foydalanish imkoniyatlari kengayganidan xabardormisiz?

YouTube'da ko‘rish 

 

Mahsulotlar reklamasi davlat tilida bo‘lishi tushuntirildi

TTSA bosh direktori maslahatchisi tizim tashkilotlarining Bekobod shahar filiallari masʼullari bilan birgalikda Toshkent viloyati Bekobod tumanida faoliyat yuritayotgan "XON QIZI" MCHJda bo‘lib, ishlab chiqarishdagi mavjud muammolar o‘rganildi. Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan chiqarilayotgan tayyor tikuv mahsulotlari "Yengil sanoat mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risida"gi umumiy texnik reglamenti (UzTR.148-008:2016) talablari asosida to‘liq sinovdan o‘tkazildi va 21 nomdagi mahsulot uchun muvofiqlik sertifikati topshirildi.

"XON QIZI" MCHJ rahbari Shoxida Rustamjanova jamiyatdagi ishlab chiqarish jarayonlari tanishtirdi. Tadbir davomida korxona vakillariga mutaxassislar tomonidan qonunchilikdagi o‘zgarishlar va tadbirkorlarga berilgan imkoniyat va imtiyozlar, tushunchalar, yangiliklar va ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.

Korxona tomonidan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda texnik reglament, xalqaro standart va metrologiya talablariga rioya qilgan holda amalga oshirish zarurligi hamda ishlab chiqarish jarayonlarida mahsulotlarni eksport qilish uchun ISO, OEKO TEX va SEDEX xalqaro standartlari asosida sertifikat va ruxsatnomalar olishda amaliy yordam ko‘rsatilishi aytib o‘tildi. Shuningdek, 9 sentyabrdan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun mohiyati, mahsulotlarni reklama qilishda eʼtibor qaratilishi zarur bo‘lgan masalalar haqida tushuntirishlar berildi.

 

 

“Mehnati elda aziz Ustozim”

1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” Davlat muassasasi Bekobod filiali tomonidan Bekobod shaxrining faxriy ustozlari, xalq taʼlimi aʼlochisi unvoni sohiblari N.Ubaydullayeva, Sh.Shukurova, N.Xojimuratova, Bekobod shaxar hokimligi maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i U.Qo‘ziboyev, Bekobod shahar deputatlar kengashi raisi U.Abdunazarov hamda “O‘zbekiston Qaxramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali sovrindori Alim Tuychiyev ishtirokida “Mehnati elda aziz Ustozim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir “Namunali maktab” sertifikatiga ega bo‘lgan Bekobod shahar 3-son umumtaʼlim maktabida o‘tkazildi.

Tadbirda Bosh direktor maslahatchisi ishtirok etib, ustozlarni yaqinlashib kelayotgan kasb bayramlari bilan tabrikladi va Agentlikning taʼlim muassasalari bilan olib borayotgan ijtimoiy hamkorlik aloqalarining samarasi, o‘quvchilarning bugungi taʼlim va bilim olishlari ertangi kun uchun katta mezon bo‘lishi haqida gapirdi.

“O‘zbekiston Qaxramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali sovrindori Alim Tuychiyev ham so‘zga chiqib, bunday yuksak unvonlarga erishish yo‘lidagi xizmatlarini haqida gapirdi va yoshlarni mehnatsevar, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga chorladi.

Maktab direktori D.Djurayeva ham maktab faoliyati, “namunali mkktab” sifatida viloyatda olidngi qatorlarda erishayotgan yutuqlari va O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti Bekobod shahar filiali bilan xamkorlikda amalga oshirgan ishlari va kelgusidasi hamkorlik rejalari haqida xaqida so‘zladi.

Filial binosi joylashgan “Al-Xorazmiy” MFY raisi J.Kamalxodjayeva ham so‘zga chiqib, Bekobod filiallari tomonidan kam taʼminlangan va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarga qilingan homiyliklari xaqida gapirib berdi.

Uchrashuv davomida maktabning isteʼdodli o‘quvchilari ustozlarni tabriklab, o‘z ijodlaridan sheʼriy namunalar o‘qib berishdi.

Tadbir so‘nggida Bekobod filiali tomonidan maktab kutubxonasiga kitoblar jamlanmasidan iborat sovg‘alar topshirildi. Barcha qatnashchilar o‘zlari uchun tadbirdan maʼnaviy ozuqa oldilar.

 

 

Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha seminarlar o‘tkazilmoqda

“UzTest” ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Samarqand filialining mutaxassis xodimlari tomonidan korxona va tashkilotlarda, ayniqsa xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha standart talablari va sertifikatlash qoidalari buzilishiga yul qo‘ymaslik va ularning oldini olish maksadida qonunchilik va huquqiy-meʼyoriy hujjatlar, shuningdek, Xalqaro va milliy standartlar talablarining mazmun mohiyati va qonunbuzilishlari oqibatlari bo‘yicha tushuntirish, profilaktika ishlari, shuningdek, o‘quv seminarlar olib borilmokda. Bundan tashqari, eksport salohiyatiga ega bo‘lgan korxonalarga yaqindan yordam berish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni jaxon bozoriga kiritish, mahalliylashtirilgan mahsulotlarni jahon bozoriga tanitish maqsadida ko‘pgina xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Markazning sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish organi rahbari F.Shakirova tomonidan Navoiy viloyatida tadbirkor xotin-qizlarga xalqaro standartlar talablari bilan tanishtirgan holda xalqaro ISO 9001 standarti talablariga rioya etish va ushbu standart talablariga binoan sifat menejmenti tizimlarini joriy ejtish va sertifikatlashtirish mavzusida o‘quv kurslari o‘tkazildi.

Taʼkidlash lozim, o‘quv kurslarini o‘tkazilishidan yana bir maqsad shiddat bilan kechayotgan yangilanish jarayonlari yoshlar, xotin-qizlar va aholining turli qatlamlari bilim va ko‘nikmalarini islohotlarga moslashtirish, ularning professional rivojlanishiga yangicha yondashishni talab etmoqda. Ularda tadbirkorlik va biznes ko‘nikmalarini shakllantirish, kasbiy malakasini oshirish orqali iqtisodiy o‘sishni taʼminlash eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Seminar davomida tadbirkorlikni endi boshlayotgan xotin-qizlarni qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar berildi va tarqatma materiallar bilan taʼminlandi.