Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

2023-yilning yanvar-iyul oylarida respublika tashqi savdo aylanmasi 34,976 milliard dollarni tashkil etdi.

Hisobot davrida eksport hajmi 14 milliard 954 million dollarni tashkil etdi.

Tashqi savdo aylanmasining salbiy saldosi 5,07 milliard dollarni tashkil etdi.

Batafsil

 

Respublikadan eksport qilingan maxsulotlarning katta qismi quyidagi mahsulotlarni tashkil etadi:

 

  • energiya tashuvchilar va neft mahsulotlari – 532 mln. dollar;
  • oziq-ovqat tovarlari – 1,130 mlrd. dollar;
  • kimyoviy mahsulotlar va ulardan tayyorlangan buyumlar – 761,2 mln.dollar;
  • qora va rangli metallar – 947,7 mln.dollar,
  • xizmatlar – 2,936 mlrd dollar;
  • oltin - 5,6375 mlrd dollar,
  • mashina va asbob-uskunlar - 695,2 mln dollar.

 

 

 

2023-yilning yanvar-iyul oylarida respublika tashqi savdo aylanmasi 34,976 milliard dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23,2 foizga ko‘pdir.

Batafsil

Import – 17 mlrd dollarga yetib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 2,5 mlrd dollarga yoki 17 foizga ko‘paygan.

Tashqi savdo aylanmasining salbiy saldosi – 4,9 mlrd dollarni tashkil etdi.

Respublika importining tarkibi:

 

  • tovarlar importi – 94%  yoki16 mlrd (+ 19%);
  • xizmatlar importi -6%, yoki 1,0 mlrd dollarov (- 7,4%).

 

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan respublika bo‘yicha ayrim ulushi yuqori bo‘lgan tovarlar importida keskin o‘zgarishlar kuzatilmoqda

  • Xususan, transport vositalari va ularning qismlari, asbob-uskunalar importi 6,4 mlrd dollarni tashkil etib, 29,8 foizga oshgan;
  • Turli xil sanoat mahsulotlar – 2,8 mlrd dollarni tashkil etib, 1,7 foizga ko‘paygan;
  • oziq-ovqat mahsulotlari importi 1,7 mlrd dollarni tashkil etib, 8,9 foizga o‘sdi;
  • kimyoviy moddalar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar importi 2,3 mlrd dollarni tashkil etib, 10,2 foizga o‘sdi;
  • Energiya manbalari, neft va neft mahsulotlari importi 1,3 mlrd dollarni tashkil etib, 72,9 foizga o‘sdi;
  • Nooziq-ovqat xom ashyolari, yoqilg‘idan tashqari 578 mln dollarni tashkil etib, 1,1 foizga yoki 42,7 mln dollarga kamaydi.