Xavfsizlik va axborotni himoya qilish siyosati
Saytda maʼlumotlarni qoldirgan holda siz Xavfsizlik va axborotni himoya qilish siyosatiga rozi boʻlasiz.
Maʼlumotlarni himoya qilish
www.miit.uz Sayti (keyingi oʻrinlarda - Sayt) maʼmuriyati foydalanuvchi (keyingi oʻrinlarda - Foydalanuvchi) tomonidan Saytda roʻyxatdan oʻtishda yoki Sayt funksiyalaridan foydalanishda taqdim etilgan axborotni uchinchi shaxslarga topshirmaydi yoki ochib bermaydi, foydalanuvchi oʻz faoliyatini qaysi davlat hududida amalga oshirayotgan boʻlsa, oʻsha davlat qonunchiligida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Shaxsiy maʼlumotni olish
Foydalanuvchi Saytda aloqa oʻrnatish uchun ayrim shaxsiy maʼlumotlarni kiritishi shart. Taqdim etilgan maʼlumotlarni tekshirish uchun Sayt oʻzida ularning ishonchliligini onlayn yoki oflayn rejimda tasdiqlashni talab etish huquqini saqlab qoladi.
Foydalanuvchilarning quyidagi ayrim harakatlari server jurnallarida avtomatik tarzda saqlab qolinadi:
- IP-manzil
- Murojaat sanasi va vaqti
Sayt tomonidan toʻplanadigan maʼlumotlar:
- Elektron pochta manzili
- Taxallus
- Tugʻilgan sana
Foydalanuvchi tomonida saqlab qolinadigan maʼlumotlar:
- Cookie fayllari
Shaxsiy maʼlumotdan foydalanish
Sayt xizmat koʻrsatish va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash uchun Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlaridan foydalanadi. Sayt Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini saqlab, ehtiyot qilishi yuzasidan barcha zarur harakatlarni amalga oshiradi. Shaxsiy maʼlumot qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yohud maʼmuriyat tomonidan ushbu harakatlar yuridik tartibotga, sud qaroriga rioya etish yoki Foydalanuvchi Sayt bilan ishlashda muhim boʻlgan qonuniy jarayonni amalga oshirish uchun zarur deb topilsa, ochib berilishi mumkin. Foydalanuvchi tomonidan Saytga taqdim etiladigan maʼlumot boshqa hech qanday holatlarda va sharoitlarda uchinchi shaxslarga ochib berilmaydi. Foydalanuvchi talabiga koʻra, u bilan bogʻliq boʻlgan barcha maʼlumotlar Foydalanuvchi murojaat etgan vaqtdan boshlab 7 (yetti) kun mobaynida oʻzgartirilishi / oʻchirib tashlanishi lozim.
Havolalar
Saytda boshqa Saytlarga havolalar joylashtirilgan boʻlishi mumkin. Sayt ushbu boshqa Saytlarning mazmuni, sifati va xavfsizlik siyosati uchun javobgar boʻlmaydi. Mazkur xavfsizlik toʻgʻrisidagi bayonot faqat bevosita Saytda joylashtirilgan axborotga taalluqlidir.
Xavfsizlik
Sayt maʼmuriyati foydalanuvchilar maʼlumotlarini ulardan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish uchun barcha choralar koʻradi, xususan bu borada quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
- xizmatlar hamda Sayt va uning tarkibini boshqarish tizimlarining muntazam ravishda yangilanib borishi;
- resurning arxiv nusxasini shifrlash;
- zararli kodlar mavjudligi yuzasidan muntazam ravishda olib boriladigan tekshiruvlar;
- Saytni joylashtirish uchun virtual ajratib berilgan serverdan foydalanish.
Oʻzgartirishlar toʻgʻrisida xabarnomalar
Sayt oʻzida Xavfsizlik siyosatiga qoʻshimcha xabarnomalar bermagan holda oʻzgartirish kiritish huquqini saqlab qoladi. Kiritilgan oʻzgartirishlar eʼlon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Foydalanuvchilar Xavfsizlik siyosatiga kiritilgan oʻzgartirishlarni mustaqil ravishda kuzatib borishi mumkin.