1."Xorijiy investorlar kengashi" nima?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat organi hisoblanadi.
Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Kengash davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va O‘zbekiston Respublikasida investitsiya va tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi investorlarning, shu jumladan xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiyaviy va boshqa tuzilmalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — XMI/XHMT) o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni shakllantiradigan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamkorligida investitsiya, sanoat va savdo Vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladigan institutsional platforma hisoblanadi.
2. Kengashning maqsadi, vazifalari va funksiyalari
Kengashning maqsadi - O‘zbekistonda qulay, kamsitmaydigan, oshkora va konstruktiv ishbilarmonlik muhitini yana-da rivojlantirish, bu esa investitsiyalarni, birinchi navbatda, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va xalqaro moliya institutlari, xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiyalar va boshqa vakillar o‘rtasidagi ochiq va konstruktiv muloqot orqali yordam beradi.
Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
-
ilg‘or jahon tajribasi va amaliyotlariga tayangan holda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga mamlakatni investitsiyaviy, sanoat-texnologik va innovatsion rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha maslahatlar berish;
-
qulay investitsiya muhitini shakllantirishda, mahalliy hamda xorijiy tadbirkorlarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va hududlarga raqobatbardosh eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalarni tashkil etish maqsadida sarmoya kiritishlarini rag‘batlantirishning samarali mexanizmlarini shakllantirishda bevosita ishtirok etish, shuningdek, investitsiyalarni, eng avvalo to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishga va o‘zaro manfaatli savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish;
-
davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiya va boshqa tuzilmalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini taʼminlash;
-
investitsiyalarni jalb qilish va investorlarning, shu jumladan xorijiy investorlarning faolligiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillarni aniqlash va tahlil qilish, respublikada qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhiti saqlab turishni taʼminlanish.
Xorijiy investorlar kengashi Web-sayti: https://investorscouncil.uz/