Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoniga muvofiq, bugungi kunda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, shu jumladan portalning mobil ilovasi orqali Tashqi iqtisodiy faoliyatga tegishli kontrakt (shartnomalar) maʼlumotlarini Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish, Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish, Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash to‘g‘risida sertifikat olish xizmatlari amaliyotga joriy etilganligi maʼlum qilinadi.

Barcha tadbirkorlarni ushbu xizmatlardan onlayn tarzda foydalanishga taklif qilamiz.