Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Xorijiy hamkor to‘g‘risida ma’lumot: «Chortoq Mineral Water» MCHJ qo‘shma korxonasi 2015-yil iyul oyida Niderlandiyaning «Buncra BV» kompaniyasi bilan xamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib Namangan viloyati Chortoq tumani Oromgoh MFY da joylashgan;

Korxonaning yo‘nalishi: yirik ichimlik suvi ishlab chiqaruvchi korxonalaridan hisoblanadi;

Kompaniyaning shiori: iste’molchilarni yuqori sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash yo‘li orqali hayotni yaxshilashdan iboratdir;

O‘zbekistonga kirib kelishi - Sarflangan investisiya, yaratilgan ish o‘rni, yillik ishlab chiqarish quvvatlari, eksport salohiyati hamda tashkil etilishi:

«Chortoq Mineral Water» MCHJ qo‘shma korxonasi 2015-yil iyul oyida Niderlandiyaning “Buncra BV” kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati
20 mln.dollar sarflanib tashkil etilgan bo‘lib, Namangan viloyati Chortoq tumani, Chortoqsoy daryosi tubidan shifobaxsh suvni butilkalarga qadoqlash zavodini barpo etishga ixtisoslashtirilgan;

Zavod qurilishi tez sur’atlarda amalga oshirilgan bo‘lib, Janubiy Koreyaning “JK Engineering Co” firmasi zamonaviy uskunalari bilan jixozlangan. Ekspertlarning aytishicha ushbu Chortoq mineral suvi inson salomatligi uchun nihoyatda zarur bo‘lgan bir nechta minerallarga boy suvdir;

Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 20 million dona butilkani tashkil etadi. 2019-yil bo‘yicha zavodning o‘rtacha oylik ishlab chiqarish quvvati 396 616 dona, 2020-yil birinchi yarim yillik holatiga o‘rtacha oylik maxsulot 696 970 dona butilkani, mart oyida esa 966 400 dona butilkani tashkil etdi. Bugungi kunda zavod uch smenali ishlab chiqarish tizimiga ega;

Korxonada 2019-yilda 61 ishchi o‘rin, 2020-yil iyun oyiga kelib 79 ta ishchi o‘rin tashkil etildi;

Zavod, o‘z maxsuloti bilan nafaqat O‘zbekiston Respublikasi ichki bozorini ta’minlab qolmay, boshqa davlatlarga eksport qilishni ham yo‘lga qo‘ygan. 2019-yilda maxsulot Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘oniston davlatlariga avto va temir yo‘l transportlari orqali eksport qilingan;

2020-yilda Belorussiya davlatiga ham Chortoq mineral suvi maxsuloti yetkazib berildi;

Jamiyatning o‘z oldiga qo‘ygan rejalaridan biri ishlab chiqarish tizimini yanada kengaytirish va ishchi o‘rinlarini 350 nafarga olib chiqishdir;

Faoliyatni boshlashi: Chortoq tumanida korxona faoliyatini 2015 yilda boshlangan. Zavodda dastlab shisha idishda mineral suvi ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan. 2023 yilda – Chortoq tumanida plastik idishlarda mineral suv ishlab chiqarish yangi zavod faoliyatini boshladi;

Ishlab chiqariladigan mahsulot turlari: shifobaxsh gazlangan va gazlanmagan mineral suv;

Eksport salohiyati va geografiyasi: (Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 20% eksport qilinadi. Korxona bugungi kunda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston va Yevropa davlatlariga eksport qilinmoqda.