Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

“Youngone Corporation” kompaniyasi 1974-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kungacha jahonda ustki kiyim, sport kiyimi, poyabzal, sumka va sport buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yirik kompaniyalardan hisoblanadi. Kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlari Koreya, Xitoy, Bangladesh, Vyetnam va El-Salvadorda joylashgan. Ularda 80 ming ishchi mehnat qiladi. Undan tashqari kompaniya chakana savdo bilan ham shug‘ullanadi. Shuningdek, kompaniya faol dam olish uchun kiyim va poyabzal yirik brendlari – “The North Face” va “Goldwin” kompaniyalariga sheriklik asosida egalik qilish huquqini olgan. Kompaniya o‘zining ilmiy-tadqiqot markaziga, shuningdek, sintetik materiallar va matolar ishlab chiqaruvchi korxonasiga ega. Korporatsiyaning aksiyalari xalqaro fond birjalarda yaxshi baholanadi. Kompaniyaning umumiy savdo hajmi
2017 yilda 2 milliard dollarni tashkil qildi, sof foydasi - 231 million dollar.

Bugungi kunga qadar “Bofanda” aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish maydonlari tarkibida Samarqand shahrida tikuv va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish I bosqichi ishga tushirildi, 5,3 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirildi va 300 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Shuningdek, Toshkent va Samarqand viloyatlarida investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, koreyalik investor tomonidan 25 million dollarga yaqin to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan.