Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

MAN SE (oldingi nomi: Maschinenfabrik Augsburg-Nürnberg mashinasozlik fabrikasi) – avtomobil konserni, Yevropa ochiq aksiyadorlik jamiyati.
Shtab-kvartirasi Myunxenda joylashgan. 75,73 % aksiyaga egalik qilgan Volkswagen AG konserni kompaniyaning asosiy aksiyadori hisoblanadi.

Dunyo bo‘ylab MAN korxonalarida 53 824 nafar kishi mehnat qiladi (xodimlarning 31 444 nafari Germaniyada ishlaydi). Kompaniyaning yillik pul aylanmasi (2017 yilda) 14,2 mlrd yevroni tashkil etgan, shundan 76% xorijdagi ishlab chiqarish korxonalariga to‘g‘ri keladi. MAN Truck & Bus kompaniyasi uchun MDH mintaqasi muhim bozorlardan biri hisoblanadi.

Kompaniyani rivojlantirish strategiyasiga muvofiq, O‘zbekistonda nafaqat savdo va servis xizmat ko‘rsatish vakolatxonasi, balki shunigdek, ishlab chiqarish quvvatlari ham tashkil etilgan. Masalan, 2009-yil avgustda MAN Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasi ishga tushrildi. Korxona faoliyati «SamAvto» qo‘shma korxonasida ijara asosida olingan maydonlarda yuk mashinalarini yig‘ishdan boshlangan edi. 2012-yil 30 iyulda Samarqand shahri yaqinida yangi yuk transportini yig‘ish korxonasi ishga tushdi.
15 ming kv. metr maydonni egallagan zavodda yiliga 8 mingta yuk mashinasi ishlab chiqariladi. Bugungi kunda ishlab chiqarish majmuasida qariyb
1 mingga yaqin odam mehnat qiladi.

Rivojlanish rejasi samosvallar kuzovlari va avto-treylerlar, konteyner va avtomobil tashuvchilar, tentli va izotermik yarim tirkamalar, maxsus kuzovlar va transport vositalari ishlab chiqarish maqsadida tirkama va osma uskunalar chiqarish bo‘yicha korxonani ishga tushirishni nazarda tutadi.

Zavod metall va listli metall profillariga ishlov berish, osma va tirkama texnikani payvandlash, bo‘yash, yig‘ish va keyinchalik ularni sinovdan o‘tkazish ishlarini to‘liq amalga oshiradi. Bugungi kunda quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi: tentli yarim tirkamalar va kuzovlar, izotermik yarim tirkamaar va kuzovlar, yuk ko‘tarish quvvati 16, 18, 25, 35 va 50 tonna bo‘lgan avtokranlar, bitum, tsisterna, bug‘doy va paxta tashuvchilar, beton aralashtirgichlar, tsement tashuvchilar, og‘ir past ramali yuk mashinalari va boshqalar.

O‘zbekiston tijorat avtotransport vositalari bozori yuksak darajali salohiyatga ega bo‘lib, quyidagi omillar uni rivojlantirishga yordam beradi:

—avtotransport vositalarini xarid qilish bo‘yicha maxsus moliyaviy dasturlarning mavjudligi va ularning Hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi. Lizing va kredit bozori jadal sur’atlar bilan rivojlanishi;

— YaIM ning o‘sishi, kichik va o‘rta biznesning faolligi, iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida Hukumat va xalqaro  moliya institutlari ko‘magida  amlaga oshirilayotgan loyihalar;

— neft-gaz, tog‘-kon, qurilish, transport va savdo sohalaridagi kompaniyalar faoliyatining jadal rivojlanayotgani.

MAN kompaniyasi o‘zining tezkor taraqqiyoti, yuqori sifatli avtomobillari va ko‘rsatayotgan xizmatlari tufayli bozorda barqaror o‘sish sur’atini saqlab qoldi va mijozlar ishonchini qozondi. Masalan, MAN Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasi, TGS 26.400 tyagachlari va samosvallarini xarid qiluvchi «Angren» Logistika markazi, «O‘zavtoyo‘l» davlat aksiyadorlik kompaniyasi, Yo‘l fondi va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi, GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi, Coca Cola singari yirik kompaniyalar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.