Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Rieter kalta shtapel tolalarini shakllantirish uchun tizimlar yetkazib beruvchilar orasida jahonda ilg‘orlardan hisoblanadi. Kompaniyaga Vinterturda (Shveytsariya) asos solingan. Kompaniya tabiiy va sun’iy tolalar va ularning aralashmalaridan ip-yigiruv chiqarish uchun mashina, tizim va komponentlar ishlab chiqaradi. Rieter barcha yigiruv jarayonlarini tayyorlash va o‘tkazish uchun mashinalar yetkazib berish bo‘yicha yagona kompaniya hisoblanadi. Kompaniya 2017 yilda SSM Textile Machines sotib olib o‘z portfelini kengaytirgan va to‘qimachilikdagi qardosh sohalarda ham ishtirok etmoqda. Kompaniyaning 10 ta mamlakatda 17 ta ishlab chiqarish maydonlari bo‘lib, ularda qariyib 5250 ishchi mehnat qiladi. Ularning 20% Shveytsariyada.

 Rieter - o‘z an’analariga ega kuchli brend. Asos solingan vaqtdan - 1795 yildan boshlab kompaniyada innovatsiyalarga juda katta e’tibor berib kelinadi, yigiruv sanoati tarmog‘ida Rieter juda ham qudratli harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi.

Mahsulotlar va yechimlar mijozlarning talablariga juda ham mos keladi va muvofiq bozorlarda ishlab chiqariladi. Sotuvlar global tashkil qilingan bo‘lib, Xitoy va Hindiston asosiy bozorlarini kuchli egallab olgan. Rieter bozorning peshqadami hisoblanadi. Aksioner, mijoz va xodimlarining manfaatlarida Rieter korxona qiymatini doimiy ravishda o‘sib borishiga, daromadi va sotuvlar ko‘payishiga intiladi. Bularga strategik alyans va doimiy o‘sish va xaridlar tufayli erishiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 21 fevraldagi PQ-1484-son “Tugatilgan "O‘zbektekstilmash" ishlab chiqarish birlashmasi bir qismining negizida Shveytsariyaning “Maschinenfabric Rieter AG” kompaniyasi tomonidan zamonaviy to‘qimachilik jihozlarini ishlab chiqarish va tashkil qilish bo‘yicha choralari to‘g‘risida”gi qarorini bajarish yuzasidan zamonaviy, yuqori texnologik to‘qimachilik jihozlarini ishlab chiqarish va tashkillashtirish bo‘yicha investisiya loyihasi amalga oshirilgan.

2012 yil 10 oktabr kuni O‘zbekistonda Rieter ishlab chiqarish korxonasining birinchi bosqichi rasmiy ishga tushirildi.

O‘zbekistonda tarmoqdagi 83 korxonada Rieter firmasining jihozlari o‘rnatilgan. O‘zbekiston zamonaviy yigiruv jihozlari texnologik parkidagi ulushi 50% dan oshadi. “Rieter Uzbekistan” MCHJ XK tashkil qilingan.
2011-2016 yillargacha bo‘lgan davrda 13,0 mln.doll. to‘g‘ridan-tug‘ri xorijiy investisiyalar o‘zlashtirilgan yigiruv, taraydigan va tasma mashinalarini ishlab chiqarish bo‘yicha yig‘uv ishlab chiqarishi foydalanishga topshirildi. O‘quv jarayonini amalga oshirish uchun zamonaviy "Riyeter" trening-markazi foydalanishga topshirildi, o‘quv dasturi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 dekabrdagi PQ-2444-son “Rieter AG kompaniyasi tomonidan zamonaviy to‘qimachilik jihozlari ishlab chiqarilishini kengaytirish va 2017-2018 yillarda to‘qimachilik jihozlari ishlab chiqarilishi lokalizatsiyasini kengaytirish bo‘yicha choralar to‘g‘risida”gi qarorini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Shveytsariya Metal Processing QK da metallni qayta ishlash bo‘yicha loyiha amalga oshirilgan. O‘zlashtirilgan horijiy investisiyalar summasi 4 mln.doll. atrofida.

Korxona bir yilda 760 tonna metallni qayta ishlash quvvatiga ega va stanoksozlik uchun turli murakkab detallarni tayyorlaydi. 60 ta yangi ish o‘rini yaratildi. Texnologik liniya 1 mm dan 12 mm. gacha qalinlikda bo‘lgan metall listlariga ishlov berish imkonini beradi. Liniya yuqori aniqlik bilan lazerda kesish, payvandlash, kukunli bo‘yash liniyasi va sifat nazoratidan iborat.

O‘zbekiston har yili 1,1 mln.tonna sifatli paxta tolasini yetishtiruvchi mamlakatdir. Bugun paxtaning ko‘p qismi eksportga yo‘naltirilmoqda. To‘qimachilik va yengil sanoatini rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanib kelayotgan “О‘zbekengilsanoat” Davlat aksionerlik kompaniyasining strategiyasi yuqori texnologik yigiruv jihozlarini faol joriy etish yo‘li bilan qo‘shimcha qiymatni oshirishga qaratilgan.

O‘zbekistonda kompaniya tomonidan uch xil nomdagi to‘qimachilik jihozlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Bugun Rieter mahalliy manabalarni jalb qilish va O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish ustida ish olib bormoqda.

Rieter erishilgan natijalar to‘g‘risida sharaf bilan aytib o‘tib, O‘zbekistonda yigiruv tarmog‘i va Rieter Uzbekistan QK yanada rivojlanib borishiga ishonch bildiradi.