LEMKEN GmbH & Co. KG oilaviy korxonasi – professional o‘simlikshunoslik bo‘yicha maxsus buyumlarni yetkazib beruvchi xalqaro darajadagi yetakchi korxonalardan biridir. Korxona mahsulotlari assortimenti yerga ishlov berish, o‘simliklarni ekish va himoya qilish uchun mo‘ljallangan yuqori sifatli
xilma-xil texnikalarni o‘z ichiga oladi.
LEMKEN korxonasining faoliyati innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga to‘la qaratilgan. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasi O‘zbekiston-Germaniya investisiyaviy hamkorligining muhim tarkibiy qismlaridan biridir. O‘zbekistonda Germaniyaning bir qator yetakchi kompaniyalari ishtirokida ishlab chiqarish korxonalarining tashkil etilgani buning yaqqol dalilidir.
Xususan, «Chirchiqqishloqmash» OAJ va LEMKEN GmbH & Co. KG kompaniyasi (GFR) o‘rtasida imzolangan bitimga muvofiq, 2011 yil dekabrda tashkil etilgan “LEMKEN Chirchiq” MCHJ QK ulardan biridir.
2012-yil fevralda ishga tushirilgan qo‘shma korxonada LEMKEN belgisi ostida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Bugungi kunda “LEMKEN Chirchiq” MCHJ qo‘shma korxonasida EurOpal 73+1 N100, EurOpal 74+1 N100 va VariOpal 95+1 N100 aylanmali pluglar, Zirkon 8/250 rotatsiyali boronalar, VarioPack 110 WDP 70 tuproq zichlagichlar va Saphir 7/300-DS mexanik seyalkalar ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va hajmini kengashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, listli, trubali, aylanmali, shtampli, yig‘ish-payvandlash va quyish detallarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Bu borada “Elektroapparat-Elektroshit” OAJ XK, “Quyuv mexanika zavodi” sho‘ba korxonasi, «Instrument» MCHJ, “Art Mechanic” XK, “Imex Group” MCHJ, “Ivna Service” MCHJ va “Rim Coloss” MCHJ, hamda “Suvsanoatmash” OAJ va “Agregat zavodi” OAJ bilan samarali hamkorlik aloqalari o‘ratilgan.
Ta’kidlash joizki, qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan hisoblanadi va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. O‘z navbatida, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi parkiga ega bo‘lmay turib, mazkur tarmoqni rivojlantirish mumkin emas. Shu bois, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega. Zero, mamlakatimizda bu borada zarur resurslar hamda muhandis mutaxassislar mavjud. Umuman olganda, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi bozori istiqbolli sanaladi.