Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Prista Oil Holding EAD kompaniyasi Yevropa Ittifoqi, Turkiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarida moylash materiallari biznesi sohasida o‘z faoliyatini yuritib kelayotgan va jo‘shqin rivojlanayotgan kompaniyadir.

 Prista Oil Group Holding kompaniyasi ish yo‘nalishi quyidagi ikki sohani qamrab olgan:

- Motor va sanoat moylari, maxsus suyuqliklarni ishlab chiqarish va taqsimlash – tizim butunlay Prista Oil Holding va uning xalqaro filiallari tomonidan ishlab chiqilgan;

- Akkumulyator biznesi - Monbata tuzilmasi orqali (Sofiya fond birjasining blachiplaridan biri)  Prista Oil Holding Markaziy va Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq, Markaziy  Osiyo va Shimoliy Afrikadagi 45 tadan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritib kelayotgan Bolgariyaning yetakchi kompaniyalaridan biri.

Prista Oil kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatlari eng zamonaviy va innovatsion texnologiyalarga muvofiq qurilib va rivojlanib boradi. Mahsulotlarining keng assortimenti - kompaniya tomonidan olib borilgan tadqiqotlari natijasi va neft, kimyo sanoatida jahonda peshvoz bo‘lib kelayotgan Chevron, Gulf Oil Marine, Lubrizol va boshqa kompaniyalar bilan a’lo darajada olib borayotgan hamkorligining mahsulidir.

O‘zbek-Bolgar Uz-Prista Recycling MCHJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 y. 22 maydagi PQ-1759-son qaroriga muvofiq tashkil qiingan. Korxona “Angren” maxsus industrial (sanoat) zonasida “Ishlatilgan texnik moylaridan tayanch moylar ishlab chiqarilishini tashkil qilish” loyihasini amalga oshiradi.

Hozirga vaqtda “Angren” maxsus industrial zonasi xududida Prista Oil Holding EAD ishtirokida qo‘yidagi qo‘shma korxonalar tashkil qilingan: MCHJ Uz-Ecoprotect QK - bir yilda qariyib 40 tonna ishlatilgan smazka materiallarini yig‘ish bo‘yicha va Uz-Prista Recycling MCHJ QK - ishlatilgan smazka materialarini qayta ishlash va zamonaviy motor moylarini ishlab chiqarish bo‘yicha.

Qo‘shma korxona mahalliy bozorda faoliyat yuritayotgan GM Uzbekistan, MAN, CNH Industrial, Caterpillar, Mercedes-Benz, Isuzu va boshqa  iste’molchilarga 100 xil nomga yaqin smazka materiallarini yetkazib beradi.

Ishlab chiqarilgan mahsulotning 70% yaqini Bolgariya, Vengriya, Gruziya, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Turkiya, Ukraina, Hindiston, Vyetnam, Makedoniya, BAA, Boltiq bo‘yi va boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi. Eksportga yo‘naltirilgan mahsulot Yevropa iste’molchilari tarmog‘i orqali ham kafolatli sotiladi.

Uz-Prista MCHJ QK mahsuloti yuzlab o‘zbekistonliklarning to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita daromad manbaadir. Kompaniya mahalliy qadoqlash materiallari, kanistra va boshqa korxona uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar bilan maksimal sherikchilik olib borish siyosatini qo‘llab keladi.

Uz-Prista MCHJ QK mehmondo‘st, ochiq ko‘ngil va mehnatsevar insonlar yashaydigan O‘zbekistondek mamlakatda faoliyat olib borayotganidan juda mamnun va o‘ziga buni sharaf deb biladi. Bu yerda iqtisodning turli tarmoqlarida yuqori natijalarga erishish mumkin.

Uz-Prista MCHJ QK o‘z sheriklari bilan uzviy va mustahkam aloqalarni quvvatlab keladi, “O‘zbekneftegaz” MXK va “O‘zneftmahsultlari AK va, shuningdek, Farg‘ona  neftni qayta ishlash zavodi mutaxassislari tomonidan doimo g‘amxo‘rlik ko‘satilayotganligini his qiladi.