Kudratov Laziz Shavkatovich
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri
- l.kudratov@miit.uz
- (+998) 71 238-50-00
- Qabul kuni: Dushanba | Qabul vaqti: 10:00-12:00
Tarjimai hol: 1981-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Maʼlumoti: oliy, Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti va Xosey universitetini (Yaponiya) tamomlagan.
Mehnat faoliyati:
2003-2010 yy. - Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida turli lavozimlarda ishlagan.
2010-2014 yy. - O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi.
2014-2016 yy. - Xorijiy investitsiyalarni axborot bilan taʼminlash va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «O‘zinfoinvest» Agentligi direktori.
2017-2019 yy. - Investitsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari.
2019-2022 yy. - investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari.
2022-yil — hozirgi vaqtgacha - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri.
Xolmurodov Nozimjon Qosimovich
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o'rinbosari
- n.kholmurodov@miit.uz
- (+998) 71 238-50-97
- Qabul kuni: Seshanba | Qabul vaqti: 14:00-16:00
Tarjimai hol: 1977 yili Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanida tug‘ilgan.
Maʼlumoti: oliy, 1998 y. Turkiya Respublikasi Gazi universitetini, 2005 y. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
Mehnat faoliyati:
1998-2001 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi korxonalar monitoringi va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tahlili boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i
2001-2005 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi Korxonalar monitoringi va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tahlili boshqarmasi boshlig‘i
2005-2006 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi monopolist va iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini tahlil qilish va tarkibiy o‘zgartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
2006-2010 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarma boshlig‘i
2010-2013 yy. - Toshkent shahar monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarma boshlig‘i
2013-2015 yy. - O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi iqtisodiy nochor korxonalarni sog‘lomlashtirish va tarkibiy o‘zgartirish bosh boshqarmasining moliyaviy-iqtisodiy tahlil va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish boshqarmasi boshlig‘i
2015-2017 yy. - Mehnat vazirligi Mehnat muhofazasi va mehnat sharoitlari ekspertizasi boshqarmasi boshlig‘i
2017-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududlarning turizm salohiyatini rivojlantirishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
2018-2018 yy. - Viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
2018-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi investitsiya jarayonlari va dasturlarini muvofiqlashtirish sho‘’basi mudiri
2019 y. - 2021 yy. - O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari
2021 y. - 2022 yy. - Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
2022 y. - 2022 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari.
2023-yildan hozirgi vaqtgacha – Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari.
Teshabayev Xurram Fatixovich
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o'rinbosari
- kh.teshabaev@miit.uz
- (+998) 71 252-20-98
- Qabul kuni: Payshanba | Qabul vaqti: 14:00-16:00
Tarjimai hol: 1968 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Maʼlumoti: oliy, Toshkent Davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati:
1992-1998 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Milliy bankining Qimmatli qog‘ozlar boshqarmasi boshlig‘i.
1998-2006 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Soliq-byudjet siyosati markazi direktori.
2006-2007 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy kompleks tarkibida tashkil etilgan Taʼlim sektorini rivojlantirish Loyihasini amalga oshirish guruhi direktori.
2007-2012 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv markazi direktori.
2012-2017 yy. – "Sharq telekom" masʼuliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi bosh direktori.
2018 y. – "Health Line" masʼuliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi rivojlanish masalalari bo‘yicha direktori.
2018-2019 yy. – O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki huzuridagi "Investitsiyalar ekspert markazi" direktori.
2019-2021 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktori.
2021-2022 yy. - investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari - Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktori.
2023 yildan hozirgi vaqtgacha – Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari.
Abidov Badriddin Nurutdinovich
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o'rinbosari
- b.abidov@miit.uz
- (+998) 71 238-50-81
- Qabul kuni: Seshanba | Qabul vaqti: 11:00-13:00
Tarjimai hol: 1970 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Maʼlumoti: oliy, Toshkent avtomobil-yo‘llari instituti, Toshkent Davlat xorijiy tillari pedagogika instituti, London (1993) va Sarrey (1995) universitetlarida diplomatiya va til kurslari, Malayziyaning diplomatiya va tashqi aloqalar instituti(1994), Belgiya, Lyuksemburg, Fransiya (1998) va Koreya Respublikasi institutlarini (1999) tamomlagan.
Mehnat faoliyati:
1992-1993 yy. – Toshkent avtomobil-yo‘llari institutida stajyor-tadqiqotchi.1993-1996 yy., 1998-1999 yy., 1998-2001 yy., 2016-2018 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi tuzilmalarida ishlagan.
1996-1998 yy. – O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi (Er-Riyad sh.) Elchixonasida attashe.
2001-2003 yy – O‘zbekiston Respublikasining BMT qoshidagi (Nyu-York sh., AQSH) doimiy vakolatxonasida ikkinchi kotib.
2003-2013 yy. – BMT Bo‘limi qoshida hamda Jenevadagi (Shveysariya) boshqa xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining doimiy vakolatxonasida birinchi kotib, rahbar vazifasini bajaruvchi.
2014 y. – O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning inson huquqlari masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorliklar Bo‘limi mudiri.
2016 y. – «O‘zpaxtasanoateksport» Xolding kompaniyasining tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish Boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, keyinchalik boshlig‘i.
2016-2018 yy. - Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi, Yevropa Ittifoqi va NATO tuzilmalari bilan hamkorlik bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi
2018 y. – O‘zbekiston Respublikasining Latviya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
2018-2019 yy. – O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri o‘rinbosari.
2019-2022 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari.
2023 yildan hozirgi vaqtgacha – Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari.