O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 may, O‘RQ-369-sonli «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan:
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rov (bundan buyon matnda so‘rov deb yuritiladi) axborotdan foydalanuvchining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborot taqdim etish haqida ushbu organlarga va (yoki) ularning mansabdor shaxslariga yo‘llanadigan og‘zaki yoki yozma shakldagi (shu jumladan elektron hujjat shaklidagi) talabidir.
Axborotdan foydalanuvchining so‘rovi ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan eʼtiboran ko‘pi bilan o‘n besh kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi.
Ommaviy axborot vositasining O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir, shuningdek mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish to‘g‘risidagi so‘rovi ko‘pi bilan besh kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi.
Elektron axborot-so‘rov yuborish uchun press@mift.uz manzilga so‘rov yuborish lozim.
Vazirlik tomonidan so‘rovni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi Axborotdan foydalanuvchining so‘rovi yozma, og‘zaki va elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.
Axborotdan foydalanuvchining so‘rovi ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan eʼtiboran ko‘pi bilan besh kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi.
Ommaviy axborot vositasining Vazirlik faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir, shuningdek mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish to‘g‘risidagi so‘rovi ko‘pi bilan yetti kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi.
Rasmiy nashrlarda, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan (chop etilgan) yoxud rasmiy veb-saytda joylashtirilgan axborot so‘ralganda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi so‘rovga beriladigan javobda so‘ralayotgan axborot eʼlon qilingan (chop etilgan) rasmiy nashrning, ommaviy axborot vositasining nomi, chiqarilish sanasi hamda raqamini va (yoki) so‘ralayotgan axborot joylashtirilgan rasmiy veb-sayt elektron manzilini ko‘rsatgan holda havola berishi mumkin.
Agar Vazirlik tomonidan qabul qilib olingan so‘rov bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari vakolatlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarga ega bo‘lmasa, axborotdan foydalanuvchiga so‘rov ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida tegishli javob yuboriladi. So‘rov rad etilgan taqdirda axborotdan foydalanuvchiga asoslantirilgan javob yuboriladi.
Maʼlumot uchun: +998 (71) 238-50-00