O‘zbekiston Respublikasining xom-ashyo importini temir yo‘lda tashish tariflariga o‘rnatilgan yangi chegirmalar
2021 yil 24 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqot”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F–5689-sonli farmoyish ijrosini taʼminlash, hamda ishlab-chiqarish korxonalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2021 yil 1 noyabr kunidan xom-ashyo importini “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi temir yo‘l stansiyalariga tashishda 25% miqdorida chegirma taqdim etiladi. Tovarlarning kodi va import qilinadigan xom-ashyo ro‘yxati ilova qilinadi.
Xom-ashyo ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha takliflarni quyidagi manzilga yuborish so‘raladi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
Telefon: (+99871) 237-96-92, 237-92-94
Veb-sayti:
https://www.railway.uz/ru/informatsionnaya_sluzhba/novosti/25522/
Manzil:Toshkent shahar, T.Shevchenko ko‘chasi, 7-uy.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdosini rivojlantirishda transport xizmatlari: yangi istiqbollar va dolzarb vazifalar
O‘tgan besh yil mobaynida O‘zbekiston iqtisodiyoti 24%, sanoat - 34%, eksport hajmi 1,5 barobarga, xorijiy investitsiyalar - 3 barobarga o‘sdi.
Keyingi besh yilda iqtisodiy o‘sishning yuqori surʼatlarini taʼminlash uchun 120 mlrd dollar jalb qilinadi, shundan kamida 70 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar bo‘ladi. Transport sohasi, yo‘l qurilishi va boshqa sohalarga davlat-xususiy hamkorligiga asoslangan loyihalar doirasida 14 mlrd dollar investitsiyalar jalb etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi keyingi besh yilda iqtisodiy o‘sishni 1,5 barobar oshirish va YAIMni 100 mlrd dollarga yetkazishni shuningdek, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,4 barobar oshirishni rejalashtirmoqda. Mamlakat eksport salohiyati 1,7 barobar oshib, 2026 yilda 30 mlrd dollarga yetadi. Eksport tarkibida xom ashyo ulushi 23% kamayadi va tayyor mahsulot hajmi 2,5 barobarga oshadi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatda yuk tashishning umumiy hajmi 1,4 barobar, xalqaro yuk tashish (eksport, import va tranzitni hisobga olgan holda, quvur transportidan tashqari) hajmi esa 1,6 barobar oshadi.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, iqtisodiyot va tashqi savdoning barqaror rivojlantirishga, aholi farovonligini oshirishga transport, infratuzilma va logistikaning tizimli va jadal rivojlanishisiz erishib bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan, so‘nggi yillarda, O‘zbekistonda xalqaro transport koridorlarini shakllantirish, logistika zanjirlarini shu jumladan, yuk va transport vositalarini chegara punktlari orqali o‘tkazish jarayonlarini raqamlashtirish, xalqaro tovarlar yetkazib berishda to‘siqlarni kamaytirish, eksport mahsulotlari shartnoma qiymatida transport va boshqa xarajatlarni optimallashtirish, yuk yetkazib berish tezligini oshirish, Jahon bankining LPI (Logistics Performance Index) reytingida mamlakat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Bir qator qarorlarning COVID 19 pandemiyasi boshlanishidan ancha oldin qabul qilinganligi, jahonda ro‘y bergan inqirozdan O‘zbekiston Respublikasini minimal darajadagi yo‘qotishlar bilan chiqib ketishiga imkon yaratdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi “Eksport faoliyatini yana-da qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” №PQ-4707 Qarori asosida iqtisodiy tiklanishni jadallashtirish maqsadida transport turidan qatʼiy nazar eksport mahsulotlarini tashish bilan bog‘liq transport xarajatlarini qisman qoplab berish tizimi joriy etildi.
Temir yo‘l transporti
Asosiy transport yo‘llarining o‘tkazuvchanligini oshirish, tashqi savdo yuklarini tashishning eng katta ulushi to‘g‘ri keladigan temir yo‘l transportining harakatlanuvchi va tashuvchi qismlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Pandemiya davrida xalqaro yuk tashishda 5600 ga yaqin yopiq vagonlar,
1 280 sovutgichli va maxsus vagonlar jalb etildi.
Shu bilan birga, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, temir yo‘l sohasiga keyingi 5 yil ichida qo‘shimcha 7 ming yuk vagonlari kerak bo‘ladi. Shu munosabat bilan vagon va konteynerlarga ega bo‘lgan xususiy logistika operatorlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bundan buyon, davlat faqat temir yo‘l infratuzilmasi va lokomotiv xizmatlari bilan bog‘liq masalalarni tartibga soladi, yuk vagonlari bilan taʼminlash bozor tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan, temir yo‘l vagonlarini import qilishda xususiy tadbirkorlar uchun beriladigan imtiyozlar 2025 yilning 1 yanvarigacha uzaytirildi.
O‘zbekiston – qitʼa ichida joylashgan, eksport shartnoma qiymatida transport xarajatlarining ulushi yuqori bo‘lgan mamlakat hisoblanadi. Jahon bozorlarida muvaffaqiyatli raqobat qilish uchun eksport yuk og‘irligini kamaytirish, yuqori texnologik mahsulotlar ulushini oshirish, tayyor va chuqur qayta ishlangan mahsulotlar turlarini sezilarli darajada kengaytirish zarur. Shu bilan birga, 2-3 ming km dan uzoq bo‘lmagan radiusda joylashgan anʼanaviy bozorlarda o‘z pozitsiyalarimizni mustahkamlashimiz kerak.
Avtomobil transportida xalqaro yuk tashishlar
Xalqaro yuk tashuvchilar uyushmasi maʼlumotiga ko‘ra, 2021 yil 1 sentyabr holatiga xalqaro yuk tashishda ishtirok etuvchi transport vositalarining soni 2017 yilga nisbatan 3,5 barobar oshdi.
2017 yilda berilgan bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar tufayli yuk tashuvchi avtomobillar parki Yevro 4-6 yuk avtomobillari bilan yangilandi. Xalqaro yuk tashish hajmi 1,5 barobar oshdi. Jumladan, xalqaro yuk tashishda 888 transport kompaniyalari ishtirok etadi, ularning 62% Yevro-4 standartidan past bo‘lmagan avtomobillar bilan jihozlangan. Avtotransport parkining mustahkamlanishi nafaqat temir yo‘l transporti bilan raqobat vositasi, balki aholi bandligini kengaytirish uchun poydevor hamdir. Masalan, o‘tgan besh yil mobaynida xalqaro tashuvlarga jalb etilgan xususiy sektor tomonidan yuk avtomobillari sotib olinishi tufayli 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 avgustdagi “Avtomobil transportida yuk tashuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi №PQ-5225-sonli Qaroriga muvofiq, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transport vositalarini 2025 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasiga import qilishda ularga bojxona bojining, utilizatsiya yig‘imining va avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun avtotransport yig‘imlarining nol stavkalari belgilandi:
- “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtotransport vositalari (TIF TN kodlari 8701 20, 8704 22 (samosvallardan tashqari);
- tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39).
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transport vositalari 2025 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasiga import qilishda majburiy sertifikatlashdan ozod etiladi:
- “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan yuk va maxsus avtotransport vositalari;
- avtomobil transportida yuk tashish uchun foydalaniladigan tirkamalar va yarim tirkamalar
Ushbu chora-tadbirlar mamlakat eksport va import tovarlarini tashishda yo‘l transportining ulushini oshirish, xizmatlar sifatini
3 va 4 PL darajasigacha yaxshilash imkonini beradi.
Havo transporti
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (XFAT) maʼlumotlariga ko‘ra, pandemiya fuqaro aviatsiyasiga qaqshatqich zarba berdi. Misol uchun, YEI ko‘rgan zarar 57–98 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin. Ichki reyslarga ko‘rsatilgan zarar esa pandemiyaning qanday kechishiga qarab, 10 mlrd dollardan 18 mlrd dollargacha bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
O‘zbekiston havo transporti ham pandemiyadan sezilarli zarar ko‘rdi. Shu bilan birga, davlatning qo‘llab-quvvatlashi tufayli samolyotlari parki modernizatsiya qilinmoqda, qatnovlar geografiyasi kengaymoqda, O‘zbekistonning yirik shaharlariga muntazam va charter reyslarni amalga oshirish huquqini olgan xorijiy kompaniyalar soni sezilarli darajada ko‘paymoqda.
2019 yil 1 oktyabrdan Buxoro, Nukus, Qarshi va Termiz xalqaro aeroportlarida erkinlikning beshinchi darajasiga ega “Ochiq osmon” rejimi joriy etildi. Bu chet el kompaniyalariga O‘zbekistondan ro‘yxatdan o‘tmagan boshqa mamlakatlarga ham parvoz qilish imkonini beradi. Qarshi, Nukus, Termiz, Buxoro, Navoiy va Urganch ayeroportlarida “Ochiq osmon” rejimi hech qanday cheklovlarsiz joriy etildi.
Andijon, Farg‘ona, Namangan va Samarqand aeroportlarida, texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda XFATga aʼzo davlatlarning barcha xorijiy aviakompaniyalariga yo‘lovchi reyslarini O‘zbekiston tashuvchilari faoliyat ko‘rsatmayotgan marshrutlarda chastota cheklovisiz amalga oshirish va beshinchi havo erkinligi huquqi berildi. “Navoiy” va “Termiz” aeroportlarida xorijiy aviakompaniyalarga yettinchi havo erkinligigacha yuk tashuvlarini amalga oshirish huquqi berildi. Yettinchi darajali erkinlikka ega “Ochiq osmon” rejimi har qanday xorijiy aviakompaniyalarga ro‘yxatdan o‘tish mamlakatidan qatʼi nazar, har qanday chastota bilan parvozlarni amalga oshirish imkonini beradi. Yangi yo‘nalishlar ochish yoki parvozlar sonini oshirishni rejalashtirgan xorijiy aviakompaniyalar Transport vazirligi huzuridagi Aviatsiya agentligiga zarur hujjatlarni taqdim etishlari zarur bo‘ladi.
Xorijlik ekspertlarning fikricha, Toshkent Sharqni G‘arb bilan, Janubni Shimol bilan bog‘lovchi yirik xalqaro markazga aylanish uchun katta imkoniyatlarga ega shahar hisoblanadi.
2017-2021 yillarda mamlakat transport va tranzit salohiyatini rivojlantirish, temir yo‘l transportini modernizatsiya qilish, shuningdek, yo‘llar, aeroportlar, logistika markazlari, chegara, bojxona, sanitariya, fitosanitariya, veterinariya va transport nazorati shoxobchalari o‘tkazuvchanlik imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining transport, logistika va transport infratuzilmasini yana-da rivojlantirish bo‘yicha bir qator Farmon va Qarorlari qabul qilindi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi №PF-5643 “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining qo‘yidagi ustuvor vazifalari belgilandi:
- mahalliy tovarlar va xizmatlarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- samarali transport koridorlarini shakllantirish;
-eksport mahsulotlarini tashqi bozorlarga yetkazib berish geografiyasini diversifikatsiyalash;
- zamonaviy logistika tarmoqlarini rivojlantirish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi №390-son VMQ Qarori bilan Vazirlikka quyidagi vazifalar yuklatildi:
- tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish;
- tranzit salohiyatini oshirish;
- logistika va transport yo‘laklarini takomillashtirish;
- eksport marshrutlarini diversifikatsiyalash;
- manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga transport, transport kommunikatsiyalari va xalqaro logistika sohasida tashqi savdo siyosati bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va taqdim etish;
- transport va logistika sohalarida xorijiy davlatlar bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- transport-kommunikatsiya tizimini xalqaro transport kommunikatsiyalariga integratsiyalash;
- yangi transport yo‘nalishlari (yo‘laklari)ni yaratish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilinadigan xavfli tovarlar, qurol-yarog‘, harbiy texnika, harbiy mulk, portlovchi moddalar va mahsulotlar tranziti to‘g‘risida xulosalar taqdim etish va boshqalar.
Tasdiqlangan dasturlarga muvofiq, o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasini Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan bog‘lovchi “Xitoy – Markaziy Osiyo – Janubiy Kavkaz – Turkiya” multimodal transport koridori tashkil etildi. Qo‘yida keltirilgan yangi muqobil transport yo‘laklari bo‘ylab muntazam yuk tashish yo‘lga qo‘yildi:
- “O‘zbekiston – Qozog‘iston – Rossiya – Gruziya – Turkiya”;
- “O‘zbekiston – Qozog‘iston – Ozarbayjon – Gruziya – Turkiya”;
- “O‘zbekiston – Turkmaniston – Ozarbayjon – Gruziya – Turkiya”;
- “O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” va boshqalar.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu transport koridorlari xalqaro savdoni sezilarli darajada rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni oshirish va odamlarning turmush sharoitlarini yaxshilashda katta ahamiyatga ega.
Aytish mumkinki, xalqaro savdoni kengaytirish, qarz barqarorligi ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ekologik, ijtimoiy va korrupsion xavflarni yumshatishga qaratilgan islohotlarni davom ettirish - muvaffaqiyatimizning garovidir.
Ayni paytda, yuqorida keltirib o‘tilgan koridorlar bo‘ylab joylashgan mintaqa mamlakatlarida hanuzgacha maʼlum darajada infratuzilma sohasidagi kamchiliklar, tranzit siyosatini uyg‘unlashtirish va unifikatsiyalash darajasining yetarli emasligi kuzatilmoqda. Savdo va investitsiyaviy siyosat ko‘p hollarda cheklovchi xarakterga ega hamda koridorlar o‘tadigan mamlakatlar o‘rtasidagi savdo bitimlari to‘laqonli ishlamaydi.
Shu sababli, ushbu mamlakatlarning savdo hajmi mavjud salohiyatdan 50 foiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi esa 70 foiz past bo‘lib qolmoqda. Samaradorlik ko‘rsatkichlari past bo‘lgan mamlakatlarda yuklarning chegaralarda turib qolish muddati yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan mamlakatlarga nisbatan
bir necha marotabagacha ko‘p bo‘lishi mumkin. Osiyo taraqqiyot bankining maʼlumotlariga ko‘ra, mintaqada, misol uchun “Bir makon, bir yo‘l” doirasida yuk tashish vaqtini bir kunga qisqartirish mamlakatlar o‘rtasidagi savdo hajmini 5,7% gacha oshirishi mumkin.
Xalqaro transport koridorlari transport xarajatlarini optimallashtirish, yetkazib berish va nazorat o‘tkazish nuqtalaridan o‘tish vaqtlarini qisqartirish kabi asosiy muammolarni hal qilishga yordam beradi.
Boshqa tomondan, transport koridorlarini muvaffaqiyatli rivojlantirish va diversifikatsiya qilish koridor bo‘ylab joylashgan mamlakatlarni bog‘lovchi ishlab chiqarish – yetkazib berish zanjirida o‘zbek tadbirkorlarinig ulushini oshirishi mumkin. Bu mintaqaviy importda qo‘shilgan qiymat mahsulotlari hajmini, shuningdek, o‘zbek ishlab chiqaruvchilarining boshqa mamlakatlar eksportida aks etadigan ichki qo‘shilgan qiymatdagi ulushini oshirish imkonini berar edi. Bunday holatda, O‘zbekiston ushbu koridorlar bo‘ylab joylashgan mamlakatlarni o‘ziga jalb etuvchi markaz maqomiga ega bo‘lishi mumkin.
Koridorlarning rivojlanishi O‘zbekiston yuklarini Latviya, Litva, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Gruziya, Pokiston, Turkiya, Eron va Xitoy dengiz portlaridan foydalangan holda tashish bilan bevosita bog‘liqdir. Ushbu tadbirlar tashqi savdo tovarlarini, ayniqsa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish jarayonida “Yagona oyna”, “Yashil Yo‘lak”, “Yagona bekat”, “E-TIR”, “E-Freight”, “GLONASS”, “GSM”, “RFID” mexanizmlarini joriy etish bilan bir butunlikni tashkil etadi.
Tashqi savdoning barqaror o‘sishi qisman, O‘zbekiston tashqi siyosatining muvaffaqiyatidan dalolat beradi. Shu munosabat bilan ishonchli, 24 soat mobaynida va yil davomida uzluksiz transport – kommunikatsiya aloqalarini shakllantirish O‘zbekiston va butun mintaqa iqtisodiyotini uzoq muddatda rivojlantirishning asosiy drayverlaridan biriga aylanishi lozim.
Xalqaro transport bilan bog‘liq barcha savollar bo‘yicha quyidagi manzillarga murojaat qilish tavsiya etiladi:
Temir yo‘l transporti
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
Telefon: (+998 71) 237-98-17 (41-817),
237-97-67 (41-767), 238-89-60 (48-960)
Veb-sayti: https://www.railway.uz/ru/uslugi/gruzovye_perevozki/158/
El.manzil: mm@uzrailway.uz
Manzil:Toshkent shahar, T.Shevchenko ko‘chasi, 7-uy.
“O‘ztemiryo‘lekspeditsiya” UK
Telefon: (+99871) 238 8417,
238 8407, 238 8866,
238 8752, 238 8811;
Manzil:Toshkent shahar, T.Shevchenko ko‘chasi, 7-uy.
“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ
Telefon: (+99878) 148 3778
Veb-sayti: https://www.utk.uz
El.manzil: info@utk.uz
Manzil:Toshkent shahar, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 11/13-uy.
Havo transporti
“Uzbekiston Airways” AJ
Telefon: (+998 78) 140-20-93/94/95
Veb-sayt: https://corp.uzairways.com/uz/yuk-tashish-qoidalari
El.manzil: cargo@uzairways.com
Manzil: Toshkent shahar, Amir Temur shoh ko‘chasi, 41-uy
“Uzbekistan Airports” AJ
Telefon: (+998 78) 140-28-26, 140-28-21
Yuklarni bronlash uchun: (+998 78) 140-28-25
Veb-sayt: corp.uzairways.com/ru/uslugi-po-perevozke-gruzov-i-pochty
El.manzil: sopgp@uzbairports.uz
Manzil: Toshkent shahar, Qumariq ko‘chasi, 13-uy
Avtomobil transporti
“Xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar uyushmasi”
Telefon: (+99871) 273-03-13, 273-97-75
Veb-sayti: www.aircuz.uz
El.manzil: aircuz@ars.uz
Manzil: Toshkent shahar, Bunyodkor ko‘chasi, 44-uy.
Yuk va yo‘lovchilar tashish
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Telefon: (+998 71) 202-22-55, 241-72-01
Veb-sayti: www.mintrans.uz
El.manzil: info@mintrans.uz
Manzil: Toshkent shahar, Zulfiyaxonim ko‘chasi, 3-uy.
Xorijda mamlakatimiz kompaniyalarini yuk va passajir tashish faoliyati bilan bog‘liq masalalar
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Telefon: (+99871) 233 4501, 233 6946, 233 2828
Veb-sayti: www.mfa.uz
El.manzil: info@mfa.uz, consul@mfa.uz, murojaat@mfa.uz
Manzil: Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi, 3-uy.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriligi huzuridagi Eksportni rivojlantirish agentligi
Telefon: (+99871) 252-42-18
Veb-sayti: www.epauzb.uz
El.manzil: logistika@epauzb.uz
Manzil: Toshkent shahar, T.Shevchenko ko‘chasi,34A-uy.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Telefon: (+99871) 238-50-32/35
Veb-sayti: www.miit.uz
El.manzil: info@miit.uz, mf85@miit.uz, mf86@miit.uz, mf87@miit.uz, mf96@miit.uz
Manzil: Toshkent shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 1-uy.