Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

AKSA Enerji kompaniyasi Qashqadaryo viloyatida yangi elektr stansiyasi qurilishiga sarmoya kiritmoqda

2023-yilning 9-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va AKSA Enerji boshqaruvi raisi Jemil Kazanchi o‘rtasida Investitsiya shartnomasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hujjatga ko‘ra, AKSA Enerji davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida quvvati 400MVt gaz porshenli elektr stansiyasini qurish uchun 250 million dollar sarmoya kiritadi.

Kompaniya 25 yil - loyihani amalga oshirishning butun davri davomida elektr stansiyasini loyihalash, moliyalashtirish, qurish va ishlatish bilan shug‘ullanadi.

Qurilish ishlarining boshlanishi 2023-yilning dekabrida, 2024-yil oxirida elektr stansiyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Turkiya kompaniyasining tashrifi doirasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va AKSA Enerji o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish shartnomasi ham imzolandi va bu bilan O‘zbekiston tomoni turkiyalik investordan 25 yilga kafolatlangan elektr energiyasini sotib olishni amalga oshiradi.

Ma’lumot uchun: Aksa Energy 1960-yilda tashkil etilgan Kazanci Holding tarkibiga kiradi. Xolding nafaqat energetika sohasida loyihalarni ishlab chiqadi, balki qishloq xo'jaligi va turizmda ham. Shuningdek, kompaniya qator mamlakatlarda: Turkiya, Gana, Madagaskar, Mali, Kongo va O‘zbekistonda elektr stansiyalarini qurmoqda.