Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Aprel oyida Toshkentda O‘zbekiston-Fransiya biznes-forumi bo‘lib o‘tadi

Shu yilning 14-mart kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aureliya Bushez bilan uchrashdi.

Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2022-yil noyabr oyida Fransiyaga tashrifi chogʻida erishilgan umumiy qiymati 6 milliard yevrodan ortiq savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va moliyaviy hamkorlik doirasidagi ustuvor loyihalarini amalga oshirish boʻyicha ikki tomonlama kelishuvlar bajarilishining bugungi holati koʻrib chiqildi.

Shuningdek, MEDEF International Fransiya tadbirkorlar harakati tarkibiga kiruvchi kompaniyalar vakillaridan iborat Fransiya Respublikasi savdo bo‘yicha delegat vaziri Oliver Besht boshchiligidagi delegatsiyaning aprel oyida O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi kun tartibi ham muhokama qilindi. Tashrif dasturiga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 9-yig‘ilishi va ishbilarmon doiralarining vakillari ishtirokidagi biznes-forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi aniq investitsiyaviy va savdo bitimlarini nazarda tutgan holda rejalashtirilgan tadbirlarni amaliy mazmun bilan boyitish yuzasidan birgalikda ish olib borishga kelishib oldilar.