Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

«Aqlli investitsiyalar: iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash» - «TIIF-2023»ning mavzularidan biri

Toshkent xalqaro investitsiya forumining ikkinchi kuni doirasida «Aqlli investitsiyalar: iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash» mavzusida panel sessiyasi bщlib o‘tdi.

Mavzuning asosiy muhokamasi, kelajakdagi vazifalarini bajaruvchi va jamiyatimizning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanmish istiqbolli yoshlarga investisiya kiritish bo‘ldi. Sessiya ishtirokchilari investorlarni rag‘batlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish, iqtisodiyotning real sektori va yoshlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ushbu hamkorlik iqtisodiyotning qaysi tarmoqlarida ko‘proq talab qilinayotgani kabi masalalarni muhokama qilishdi.

  Sessiyaga AQShning Osiyo taraqqiyot bankidagi elchisi Jeyson M. Chang moderatorlik qildi. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Jalolov, Global Asia Consulting kompaniyasi boshqaruv hamkori Zohri Idris, Coursalytics kompaniyasi asoschisi va universitet bilan aloqalar bo‘limi rahbari Aleks Dolinskiylar spiker sifatida ishtirok etishdi.

Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova iqtidorli va ijodkor yoshlar har qanday jamiyat, har qanday millat va davlatning yuksalishi va rivojlanishida asosiy omil bo’lib xizmat qilishini ta’kidladi. U O‘zbekistonda yoshlarga o‘zini namoyon etish, salohiyatini yuzaga chiqarish uchun keng imkoniyat va sharoitlar yaratish uchun barcha sa’y-harakatlar qilinayotganini ta’kidlab o’tdi.  Buning uchun qonunchilik bazasi yaratildi, bundan tashqari, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini himoya qilish va bandligini ta’minlashga qaratilgan ko‘plab huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Shuningdek Dilnozaxon Kattaxonova, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda yoshlarning rivojlanishiga va ularga bu yo’lda xizmat qiluvchi  ko‘plab hujjatlar qabul qilinganini alohida ta’kidladi hamda noyob platforma haqida so’zlab berdi:

- «Biz 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlarni qamrab oladigan elektron platforma yaratdik. Bu O‘zbekiston yoshlari oldida turgan muammo va chaqiruvlarni aks ettirishga yordam beradi. Ushbu ma'lumotlar platformada ikkita asosiy manbadan to'planadi: yoshlar yetakchilari tomonidan to'plangan ma'lumotlar va davlat tuzilmalarida faoliyat yuritayotgan yoshlar haqidagi 27 turdagi ma'lumotlar bazasi integratsiyasi. Bu tizim yoshlar bilan individual ishlashga yordam beradi va shu orqali biz asosiy e’tiborni mamlakatimiz yosh aholisining muammo va ehtiyojlarini hal qilishga qaratishimiz mumkin», - deydi Dilnozaxon Kattaxonova.

Oxirgi 6 yil ichida mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlari soni 3 baravar ko‘paydi. Buning sharofati bilan oliy ta’lim muassasalariga qabul 2016-yildagi 9% holatidan bugungi kunga kelib 38%ga o‘sdi. Davlat organlari bu jarayonga imkon qadar ko‘proq qiz va ayollarimizni jalb qilishga harakat qilmoqda, chunki bu mamlakatdagi gender muvozanatini ta’minlash uchun muhim omillardan biridir. Joriy yildan boshlab barcha qiz va ayollar magistraturada byudjet asosida o‘qishlari mumkin. Bugungi kunda o‘n minglab qizlar oliy o‘quv yurtlarida tahsil olmoqda. Bu esa amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy ijobiy natijalaridan biridir, deya qayd etdi tadbirda so‘zga chiqqan spikerlar.

Zohri Idris o‘z nutqida O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda yosh va iqtidorli kadrlarga investitsiya kiritish muhimligini ta’kidladi. U yoshlar mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining harakatlantiruvchi bog’ini ekanligini isbotlovchi statistik ma’lumotlarni keltirdi.

Shuningdek, u yoshlarga sarmoya kiritish nafaqat moliyaviy, balki madaniy ham bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Iqtidorli yoshlarga sarmoya kiritish nafaqat ilmiy-texnika taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlabgina qolmay, balki tadbirkorlik va innovatsiyalarning jadal rivojlanishi uchun yanada qulay iqtisodiy muhitni yaratadi.

Coursalytics kompaniyasi asoschisi va universitet bilan aloqalar boʻlimi rahbari Aleks Dolinskiy taʼlimning qulayligi haqida batafsil maʼruza qildi. Uning ta'kidlashicha, agar bir necha o'n yillar oldin majburan oliy ma'lumot egasiga aylanish uchun rag’batlantirilgan bo'lsa, bugungi kunda bilimga ega bo’lish uchun yoshlarni qiziqtirishi mumkin bo'lgan bepul kurslar ham mavjud. Har bir inson uchun shaxsiy ta'limning rivojlanishi mavjud. Yoshlar tegishli va foydali ma'lumotlarni topishlari mumkin bo'lgan ko'plab ta'lim platformalari bor.

Shuningdek spikerlar, talabalar, maktab o‘quvchilari, turli kurslar tinglovchilarining barcha tashabbuslarini ruhlantirish va kengaytirish, hamda ta’lim tizimini ixchamlashtirish zarurligini ta’kidladilar. Mavzu bo'yicha tanlovlar o'tkazishda investitsiyalarning hissasi, masalan, sun'iy intellekt ham mamnuniyat bilan qabul qilinishi kerak ekanligi ta’kidlanib, moddiy rag’batlantirish orqali talabalarning ixtirolari rivojlanishi va buni davlatga haqiqiy foyda keltirishi ham qayd etib o’tildi.