Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Belarus delegatsiyasi Qashqadaryo viloyatidagi "Uzbekistan GTL" zavodiga tashrif buyurdi

Qashqadaryo viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi tomonidan Belarus delegatsiyasining G‘uzor tumanidagi Uzbekistan GTL zavodiga tashrifi tashkil qilindi.  Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, unda o‘rnatilgan zamonaviy uskunalar bilan batafsil tanishildi va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini birgalikda amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Uzbekistan GTL - «O‘zbekneftgaz» AJ tarkibiga kiruvchi korxona bo‘lib, dunyodagi eng yirik va eng ilg‘or zavodlardan biridir. Loyiha O‘zbekistonning tabiiy gazni chuqur qayta ishlash quvvatlarini sezilarli darajada kengaytirish va uglevodorod xomashyosi importini keskin qisqartirishga qaratilgan.

Belorusiyaning Vitebsk viloyati delegatsiyasi zavodda ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish samaradorligini, unda o‘rnatilgan uskunalarni, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va hajmini yuqori baholadi va bunday korxona zamonaviy O‘zbekiston tarixidagi yangi sahifani ochib berganini taʼkidladi.