Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Elektrotexnika tarmog'i va issiqxonalar faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 3 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida vazirning birinchi o'rinbosari Nozim Xolmurodov rahbarligida videokonferensiya tarzida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda viloyatlar hokimlari va respublika tijorat banklari raislarining o'rinbosarlari ishtirok etdi.

Unda respublikaning issiqxona xo'jaliklarida mahsulot yetishtirish uchun aylanma mablag'larga bo'lgan joriy ehtiyoj, 2022-2024 yillarda qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sanoati sohalarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari shuningdek, 2022-2024 yillarda elektrotexnika sanoatida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish dasturini amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

Kun tartibi doirasida elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va issiqxona xo'jaliklari mahsulotlar hajmini o'sishini ta'minlash maqsadida hududlarda tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlarining birgalikdagi sa'y-harakatlarini faollashtirish zarurligiga alohida e'tibor qaratildi.

Yig'ilish yakunida tegishli rahbarlarga tasdiqlangan investitsiya loyihalarini o'z vaqtida amalga oshirish va yuzaga keladigan barcha masalalarni tezkor hal etish maqsadida tadbirkorlar bilan doimiy munosabatlar o'rnatishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda tashabbuskorlarga har tomonlama yordam ko'rsatish bo'yicha manzilli topshiriqlar berildi.