Eron Islom Respublikasi elchisi Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi
Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Hamid Nayrobodiy Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boshqarmasi rahbariyati bilan muzokaralar olib borilib, unda ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikning bugungi holati, xususan, qishloq xo'jaligi, fan, ta'lim va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha oʻzaro investitsiyalarni jalb qilish, innovatsiyalarni joriy etish va oʻzaro savdoni kengaytirish maqsadida Eron hududlarining tadbirkorlik subʼyektlari va xorazmlik ishbilarmonlar oʻrtasida oʻzaro sheriklik aloqalarini rivojlantirish choralarini koʻrish boʻyicha niyatlar bildirildi.