Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Muqobil energiyaga investitsiyalar – diqqat markazida

Joriy yilning 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov “Meyer Burger” kompaniyasi bosh direktori Gunter Erfurt bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun: Shveytsariyaning Meyer Burgerkompaniyasi fotoelektr stansiyalari uchun modullar va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish sohasida faoliyat yuritadi. 1953-yilda tashkil etilgan kompaniyaning bugungi kunda Germaniya, AQSh, Xitoy va Singapurda vakolatxonalari mavjud. 2022-yilda kompaniya tomonidan ornatilgan quyosh panellarining ishlab chiqarish quvvati 1 GVtni tashkil qiladi. 2024 yilgacha kompaniya umumiy ornatilgan quvvatlarini 3,4 GVtgacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Uchrashuvda tomonlar “Meyer Burger” kompaniyasining ilg‘or texnologiyalarini jalb qilgan holda mamlakatimizning energetika sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar. Kompaniya vakillari O‘zbekistonda investorlarning qulay faoliyat yuritishi uchun yaratilgan ishbilarmonlik muhitining amaliy jihatlarini yuqori baholadilar va hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Konstruktiv fikr almashish doirasida kompaniyaning innovatsion ishlanmalarini joriy etgan holda energetika sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejasi kelishib olindi.