Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Davlat va biznesni bog‘layotgan TXIF-2023

Toshkent xalqaro iqtisodiy forumi doirasida «Ixcham va samarali hukumat iqtisodiy rivojlanish uchun» mavzusida panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Osiyo taraqqiyot bankidagi AQSH elchisi Jeyson M.Chang tadbirda moderator vazifasini bajardi.

Munozarada Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktori Shuhrat Vafoyev So‘zga, Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bo‘lim boshlig‘i Aziza Umarova, Coca-Cola Uzbekistan — CCI Uzbekistan bosh menejeri Ezel Agaoglu, «Azarbayjon-O‘zbekistan» Assotsiatsiyasi asoschisi va boshqaruv direktori Kanan Jalilov so‘zga chiqdilar.

Ekspertlar inson kapitali omilini muhimligini qayd etib, davlatni rivojlanishida asosiy omillaridan biri ekanligini hamda davlat va biznes o‘rtasida uning ta’siri muhimligini ta’kidlashdi. 

Bundan tashqari, hozirda davlatning biznesdagi ulushini kamaytirishga qaratilgan xalqaro standartlarni joriy etish borasida hukumat ish olib borayotganini, kichik va o‘rta biznesga turli imtiyoz va ustunliklar berilayotgani muhokama qilindi. 

Masalan, Ezel Agaoglu, xususiy sektor va O‘zbekiston hukumati orasidagi do‘stona munosabatlarining guvohi bo‘layotganini, bu mamlakatda iqtisodning o‘sishiga olib kelishini ta’kidlab o‘tdi. Amalda bor resurslardan to‘g‘ri foydalanish va zamonaviy muloqot kanallari, mamlakatda biznesni rivojlanishi uchun foydali bo‘ladi. Uning qayd etishicha, davlat iste’molchi talabini inobatga olmoqda va shu sababli investorlarni mamlakatga taklif qilib, ularga shaffoflik va o‘ziga bo‘lgan ishonchni kafolatlamoqda.

Kanan Jalilov o‘z navbatida, nega O‘zbekistonni investisiya borasida ishonchli hamkor sifatida ko‘rayotgani haqida so‘zlab berdi. Sabab sifatida, mamlakat raqobat muhitida faol tarzda rivojlanib bormoqda ekanligini, ko‘plab katta jahon darajasidagi o‘yinchilar o‘zbek bozoriga kirib kelayotganini qayd etdi. «O‘zbekiston – haqiqatdan ham investorlar uchun qiziqarli mamlakat», - deya o‘z chiqishini yakunladi.

Sessiya davomida ishtirokchilar zamonaviy kommunikasiya vositalari tadbirkorlar va fuqarolarning hokimiyat organlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishiga qanday yordam berishini ham muhokama qildilar. Ta’kidlanganidek, hukumatning tashqi o‘zgarishlarga, biznes va fuqarolarning talablariga javob berish tezligi davlat faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Mutaxassislar investisiyaviy muhit va umuman iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi ma’muriy islohotlar masalalariga ham e’tibor qaratdilar.