Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Janubiy Koreya O‘zbekistonda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirmoqda

Joriy yilning 31-yanvar kuni Toshkent shahrida Koreyaning iqtisodiy innovatsion hamkorlik bo‘yicha “EIPP” (The Economic Innovation Partnership Program) dasturining O‘zbekistondagi loyihalari doirasidagi olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi, Eksimbanki, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari vakillari, yetakchi konsalting kompaniyalari mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminarda EIPP loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, jumladan, fotoelektr panellar ishlab chiqarish va yarimo‘tkazgichli elektronika bo‘yicha innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish klasterini yaratish kabi yo‘nalishlar taqdim etildi. Muhokama davomida kelgusidagi amaliy harakatlar, jumladan, yangi istiqbolli loyihalar boʻyicha loyiha oldi hujjatlarini birgalikda ishlab chiqish doir amaliy choralar ishlab chiqildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar kelgusidagi hamkorlik formatini belgilab, 2023-yilga moʻljallangan Dasturni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni kelishib oldilar.