Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Yaponiya va O‘zbekiston savdo-iqtisodiy va parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash niyatida

Joriy yilning 30-noyabr kuni O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Yaponiyada tashrif bilan bo‘lib turishi doirasida Yaponiya Liberal-demokratik partiyasidan Vakillar palatasi a’zosi, “O‘zbekiston va Yaponiya” Parlamentlararo do‘stlik Ligasi ijroiya qo‘mitasi rahbari Keysuke Suzuki bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yaponiya tomoniga O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy va texnik hamkorlikni rivojlantirishning barcha masalalari bo‘yicha uzoq yillik sheriklik munosabatlari hamda parlamentlararo aloqalarni kengaytirishdagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirildi.

Keysuke Suzuki, o‘z navbatida, hamkorlikni faollashtirishga hamda Markaziy Osiyodagi mintaqaviy integratsiya jarayonlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga va mintaqaning iqtisodiy farovonligiga ko'maklashishda davom etishga tayyorligini ta’kidladi.

Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti Taro Asoning (sobiq moliya vaziri va Yaponiya Bosh vaziri) 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasidagi parlamentlararo forumning navbatdagi 4-yig‘ilishi hamda ikki mamlakatning yetakchi ishbilarmon doiralari ishtirokida qo‘shma biznes-forumni o‘tkazish uchun tashrifi yuzasidan kelishuvga erishildi.