Yaponiya kompaniyasi Farg‘ona viloyati agrosanoat majmuasini rivojlantirish uchun dronlardan foydalanmoqchi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi rahbariyati Yaponiyaning Sanctuary va DS Drone School Osaka kompaniyalari rahbari Uemura Masato bilan uchrashuvda ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Farg‘ona viloyatida “aqlli” qishloq xo‘jaligi tizimini va axborot texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, dronlardan foydalanish orqali ekinlarni parvarishlash hamda o'g'itlar sochish samaradorligini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Farg‘ona shahrida “Kobe” umumiy ovqatlanish korxonasini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyiha yuzasidan ham fikr almashildi.