Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Yaponiya kompaniyalari Toshkent logistika ob'ektlari bilan tanishdilar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Yaponiya Tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO) bilan birgalikda Toshkent shahrining yirik logistika ob'ektlariga bir kunlik tanishuv turi tashkil etdi. Unda Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya, Turkiya va O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Tashrif dasturiga muvofiq havo, temir hamda avtomobil yo'llari orqali yetkaziladigan yuklarni qabul qilishga ixtisoslashgan logistika markazlariga borildi. Jumladan, tur ishtirokchilari Toshkent xalqaro aeroporti, Chukursay Logistics Center va Highway Logistics Centerdagi bojxona omborlarining faoliyati bilan tanishdilar. Mehmonlar markazlarning jihozlanganligiga va salohiyatiga yuqori baho berdilar.

Ma'lumot uchun: JETRO – Yaponiyaning O'zbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga ko'maklashadigan hukumat tashkiloti. JETRO o'z faoliyati doirasida muntazam ravishda Yaponiya ishbilarmon doiralari vakillarini O'zbekistonda biznes yuritish uchun yaratilgan iqtisodiy va investitsiyaviy iqlim, sharoitlar bilan tanishtirishga qaratilgan tadbirlarni o'tkazadi.