Yaponiya biznesi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqchi
Joriy yilning 30-noyabr kuni O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi doirasida “Sojitz Corporation” prezidenti va bosh ijrochi direktori Masayoshi Fujimoto bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida Sirdaryo viloyatida “IDiEf”, “Nebras” va “Kuden International” kompaniyalari bilan konsorsiumda quvvati 1600 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Yaponiya tomoni Oʻzbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, sogʻliqni saqlash, aeroportlarni modernizatsiya qilish va boshqarish, avtomobil yoʻllarini qurish va ulardan foydalanish hamda boshqa sohalarda davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar ishtirokida yangi loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdorligini bildirdi.