Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasining yangi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 26-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari etib tayinlangan Yoshibumi Bito bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar umumiy qiymati 3,5 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 11 ta loyihani o‘z ichiga olgan JICAning O‘zbekiston Respublikasidagi joriy investitsiya portfeli o‘sishining ijobiy dinamikasini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Loyihalar energetika, infratuzilmaviy rivojlanish, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va tibbiyot kabi sohalarda amalga oshirilmoqda.

Laziz Kudratov xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish, tarmoqlar va hududlarning sanoat salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ichki va xalqaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, shuningdek, mamlakat energetika sektorini rivojlantirishga qaratilgan Yangi O‘zbekistonni strategik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda JICAning faol ishtirok etishi muhimligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar qo‘shma loyihalarni sifatli amalga oshirish va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishga qaratilgan yaqindan hamkorlik qilishni davom ettirishga kelishib oldilar.