Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Jizzaxda O'zbekistonning JSTga kirishiga tayyorgarlik ko'rish doirasida navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) bilan birgalikda O'zbekistonning barcha hududlarida "O'zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a'zo bo'lishi doirasida xizmatlar bozoriga kirish" mavzusida tizimli ravishda seminarlar tashkil etilmoqda.

Tadbirda O'zbekistonning JSTga kirishi bilan ochiladigan istiqbol va imkoniyatlar hamda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan masalalar, bu jarayonda xususiy sektorning o'rni, "O'zbekistonda savdoni rivojlantirishga ko'maklashish" dasturi doirasida mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari tomonidan texnik ko'mak olish tartibi to'g'risida batafsil taqdimotlar o'tkazildi.

Mashg'ulot ishtirokchilari JSTning tovarlar va xizmatlar savdosini tartibga soluvchi Bitimlari, savdo shartnomalarini tuzish bo'yicha muzokaralar olib borish jihatlari, shuningdek JST doirasida savdoni amalga oshirish borasidagi xususiy sektor va Hukumat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar xususiyatlari bilan tanishdilar.