Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Koreya kompaniyalari bilan qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi muhokama qilindi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekistonda qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirayotgan Koreyaning 30 dan ortiq kompaniyasi rahbarlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda manfaatdor vazirlik, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi diplomatik vakolatxonasi vakillari ham ishtirok etdi.

Muloqotda energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, qurilish, geologiya, sog‘liqni saqlash, muhandislik va ta’lim sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Koreyalik investorlar ularni qiynab kelayotgan masalalarni aytib, loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha konstruktiv takliflar bilan o‘rtoqlashdilar. O‘z navbatida vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar vakillari tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan atroflicha javoblar berildi va yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ishlab chiqildi.

Yigʻilish yakunida loyihalarni amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar, muddatlar va masʼul ijrochilar belgilangan “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi. Unga, shuningdek, ilgari surilgan takliflarni amalga oshirish boʻyicha vazifalar ham oʻz aksini topadi.