Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

ITSV mintaqalardagi investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlamoqda

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Olimxon Rustamov boshchiligidagi Ishchi guruh Buxoro viloyatida investitsiya loyihalari amalga oshirilayotgan obʼyektlarga tashrif buyurdi.

Xususan, guruh aʼzolari toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha “Leichter Kamalak Textilien” MChJ qoʻshma korxonasida boʻldi. Buxoro shahridagi Texnopark hududida joylashgan ushbu loyiha qiymati 5 million dollar bo‘lib, bu yerda 30 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Shuningdek, “Siyovush Tekstil Buxoro” MChJning “G‘ijduvon” EIZda 500 ta yangi ish o‘rni yaratishga mo‘ljallangan 521 milliard so‘mlik loyihasini amalga oshirish borasidagi ishlarning borishi bilan tanishildi.

Tashriflar chog‘ida tadbirkorlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar va korxonalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflari ham o‘rganildi.

Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni hal etishda har tomonlama yordam ko‘rsatish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.