Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o'rinbosari tayinlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan Xolmurodov Nozimjon Qosimovich O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o'rinbosari etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar N. Xolmurodov Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Turizm va sport vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, shuningdek, investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o'rinbosari va Buxoro viloyati hokimining birinchi o'rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.

N. Xolmurodov yangi lavozimida davlat investitsiya dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish, geologiya, tog‘-kon sanoati, metallurgiya, mashinasozlik va qurilish materiallari ishlab chiqarish, yengil va elektrotexnika, agrosanoat va qishloq xo'jaligi, ijtimoiy soha va farmatsevtika tarmoqlarii hamda boshqa yo'nalishlarni rivojlantirishda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalariga, bank va moliya sohasining investitsiyaviy va iqtisodiy salohiyatini yaxshilash, eksport va hududlarni rivojlantirish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa funktsiya va vazifalarni amalga oshirishga mas‘ul bo‘ladi.