Oʻzbekiston “Ipoteka-bank” ATIB Vengriya OTP Bank tomonidan sotib olinishi toʻgʻrisida
2021-yilda O‘zaro anglashuv memorandumi imzolangandan so‘ng, O‘zbekiston bank sektoridagi aktivlar va mamlakatimizda faoliyat yuritish istiqbollarining tahlili o‘tkazilgach, Vengriyaning OTP Bank Aksiyadorlik tijorat ipoteka banki (ATIB) Ipoteka-bankni sotib oldi. Hujjatni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi nomidan Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev, “OTP Bank” nomidan esa – direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Shandor Chani hamda bosh direktor o'rinbosari Laslo Wolf imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, shartnoma moliyaviy jihatdan 2023-yilning birinchi yarmida to‘liq amalga oshirilishi kutilmoqda. OTP Bank shuningdek, tegishli tartib-taomillarga muvofiq ruhsatnomalarni imkon qadar tezroq qulga kiritish, hamda “Ipoteka-bank”ning kreditlash imkoniyatlarini kengaytirish, jumladan, kichik va o‘rta biznes va yoshlar tadbirkorligi loyihalarini moliyalashtirish uchun kapitalini oshirish bo‘yicha choralarni ko‘radi.
Kelishuv doirasida OTP Bank va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) oʻrtasida “Ipoteka-bank”ni rivojlantirish boʻyicha kelgusi hamkorlik yuzasidan oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi. IFC so‘nggi bir necha yil ichida Ipoteka-bankning transformatsiyasini moliyalashtirib, qo‘llab-quvvatlab kelmoqda va imzolangan hujjatga ko‘ra, OTP Bankni yangi yirik aksiyador sifatida qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikni davom ettirish niyatini tasdiqlaydi.
Ma’lumot uchun: Aktivlar hajmi bo‘yicha “Ipoteka-bank” bozorning 8,5 foizlik ulushiga, 1,6 milliondan ortiq mijozlar soniga, 39 ta hududiy markazlar sifatida faoliyat yuritayotgan filialga, 193 ta mijozlarga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va katta sondagi korporativ mijozlarga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi beshinchi yirik bank hisoblanadi. Mahalliy bank sektorining dinamik o‘sishiga mos ravishda bank aktivlari so‘nggi uch yilda oshdi, jumladan, bank kredit portfeli o‘rtacha 20 foizga, depozit portfeli esa 24 foizga kengaydi. “Ipoteka-bank”ning moliyaviy lizing bilan shug‘ullanuvchi “Ipoteka lizing” va sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Imkon sug‘urta” sho‘ba korxonalari bor. Ikkala sho'ba korxona ham imzolangan shartnomaning bir qismidir.
OTP Bank 11 mamlakatda 36 000 ga yaqin xodimga ega va 16 millionga yaqin mijozlarga universal moliyaviy xizmatlar ko'rsatayotgan Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasidagi yetakchi moliyaviy guruhlardan biri bo'lgan OTP Groupga kiradi. Guruh 2000-yillarning boshidan buyon 23 ta bankni muvaffaqiyatli sotib oldi va birlashtirdi. Hozirgi kunda Bank Vengriya, Bolgariya, Serbiya va Chernogoriya bozorlarida yetakchi hisoblanadi.