Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyun bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 9-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyun boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va OIIB o‘rtasidagi moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Bank rahbariyati O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlarni yuqori baholadi va OIIB O‘zbekiston bilan hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga tayyorligiga ishontirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida Bank mablag‘lari hisobidan loyihalarni moliyalashtirish hajmi izchil o‘sib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki oʻrtasidagi Qoʻshma deklaratsiya”ni imzoladilar, unda Oʻzbekiston va OIIB oʻrtasida 2023-2026 yillar uchun uch yillik hamkorlik dasturini ishlab chiqish koʻzda tutilgan. Dastur energetika, infratuzilmaviy rivojlanish, ta’lim, sog‘liqni saqlash va davlat-xususiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash sohalarida loyihalarni amalga oshirishni qamrab oladi.