Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

O'zbek-mo'g'ul investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 25 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o'rinbosari X. Teshabayev hamda Mo'g'ulistonning O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi D. Bayarxuu (qarorgohi Nursulton shahrida joylashgan) o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish yo'llari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi va Mo'g'uliston tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida 2022-yil 15-mart kuni bo'lib o'tgan 6-siyosiy maslahatlashuv yakunlari bo'yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirilishi ko'rib chiqildi.

Ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini ko'paytirish va qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, shu jumladan to'qimachilik, charm-poyabzal sanoati, qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat va avtomobilsozlik sanoatida har ikki davlat bozorlariga yetkazib beriladigan yuqori qo'shilgan qiymat ega tovarlar nomenklaturasini kengaytirishga alohida e'tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida ustuvor yo'nalishlarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo'yicha navbatdagi amaliy tadbirlar kelishib olindi.