O‘zbekiston va Buyuk Britaniya: hamkorlikni chuqurlashtirishning yangi imkoniyatlari
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Buyuk Britaniya Eksportni moliyalashtirish agentligi (UK Export Finance – UKEF) bosh ijrochi direktori Tim Rid bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yilda ikki barobarga oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Uchrashuvda Britaniya tomoni Oʻzbekistonda avtomobil yoʻllarini, quyosh va shamol elektr stansiyalari qurish, foydali qazilmalar qazib olish va qayta ishlash boʻyicha yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda ishtirok etishga qiziqishini bildirdi.
Ma’lumot uchun: Buyuk Britaniya Eksportni moliyalashtirish agentligi davlat organi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi kreditlar, kafolatlar taqdim qilish, sug‘urtalash, maslahat ko‘magini berish va boshqa yo‘llar bilan yo‘rdam korsatish orqali Britaniya tovarlari va xizmatlari eksportini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdan iborat.