Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

O'zbekistonning innovatsion rivojlanish istiqbollari ko'rib chiqildi

30 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Innovatsion rivojlanish vazirligiga tashrif buyurib, vazirlikning joriy faoliyati natijalari va O'zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo'ljallangan innovatsion rivojlanish Strategiyasini amalga oshirish rejalari bilan tanishdi.

Xususan, innovatsion ishlanmalar, ilmiy tadqiqotlar natijalari va startap mahsulotlari ko'rgazmasi ko'zdan kechirildi, shundan so'ng vazirlik rahbariyati erishilgan natijalar va Strategiyani amalga oshirish bo'yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar to'g'risida taqdimot o'tkazdi.

Quyidagi raqamlar keltirildi: jami 31 ta tarmoq kesimida 441 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan, shundan 215 tasi bo'yicha amalga oshirish ishlari boshlangan. Loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun 889,2 mlrd so'm mablag' ajratilgan. Strategiyada innovatsion deb belgilangan mamlakatning 28 tumani uchun innovatsion rivojlanish kontseptsiyasi ishlab chiqil hamda mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining malakasini oshirish kurslari tashkil etildi.

2022-2023 yillarda mamlakatning 58 ta OTMda yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etish bo'yicha 217,8 mlrd so'mlik 377 ta loyihani amalga oshirish ko'zda tutilgan.

Shuningdek, Innovatsiyalarni joriy qilish bo'yicha rahbar o'rinbosarlarining samaradorlik ko'rsatkichi (KPI), tarmoq korxonalarining va OTM innovatsion faoliyati, hududlarning innovatsiyalarni joriy qilish bo'yicha faoliyatini baholash reytinglari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Tashrif davomida Innovatsion rivojlanish vazirligi takliflarini inobatga olgan holda Innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishni jadallashtirish bo'yicha qator topshiriqlar berildi.