Xalqaro moliya korporatsiyasining mintaqaviy ekspertlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Joriy yilning 3-oktabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Olimxon Rustamov Xalqaro moliya korporatsiyasining Markaziy Osiyoda yangi bozorlarni yaratish bo‘yicha maslahat dasturining mintaqaviy koordinatori Tarik Shaxovich hamda Xalqaro moliya korporatsiyasining Erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha mintaqaviy mutaxassisi Kreyg Gize bilan mamlakatimizdagi maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida xalqaro moliya korporatsiyasi ekspertlari, vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etish hamda xalqaro tajribadan kelib chiqib, maxsus iqtisodiy zonalar bo‘yicha yangi tahrirdagi dastlabki qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Mazkur ishchi guruhga vazirlikdan Maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish boshqarmasi va Yuridik boshqarmadan nomzodlar biriktirildi.