Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakillari Jizzax viloyatidagi investitsiyaviy muhit bilan tanishdi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarining rahbarlari uchun viloyatda yaratilgan investitsiyaviy muhit bilan yaqindan tanishish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda tadbirkorlar va eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar bo‘yicha tajriba almashish maqsadida maxsus tur tashkil etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi delegatsiyasiga “NEWLAND” MChJ tomonidan to‘qimachilik mahsulotlari, “Master building” MChJ tomonidan qurilish materiallari, “ADM” MChJ tomonidan avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish usullari taqdim etildi. Mehmonlar “Silverleafe” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli paxta klasteri, “Gold Fish Agro Export” MChJga qarashli baliqchilik klasteri, “Irus KON” MChJga qarashli qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan ham tanishdi.
Tadbir yakunlari boʻyicha Jizzax viloyati korxonalari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi delegatsiyasi vakillari oʻrtasida konstruktiv hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Bu, oʻz navbatida, har ikki hududda oʻzaro ilgʻor tajribani oʻzlashtirish imkonini beradi.