Rossiyaning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi
Joriy yilning 3-sentabr kuni O'zbekiston hukumati delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev O'zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida Rossiyaning qurilish, to'qimachilik sanoati, qishloq xo'jaligi, chakana savdo, yashil iqtisodiyot va ko'chmas mulk kabi sohalarida faoliyat yurituvchi bir qator yirik kompaniyalar vakillari bilan uchrashdi.
Ochiq muloqot tarzida ko'plab yo'nalishlarda hamkorlik istiqbollari, jumladan, investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish, tajriba va texnologiyalar almashish, innovatsiyalarni joriy etish, O'zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish va o'zaro manfaatli boshqa masalalar muhokama qilindi.