Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Shimoliy va Markaziy Osiyo temir yo'llarini raqamli o'zgartirish masalalari muhokama qilindi

Shu kunlarda Boku shahrida Yevropa iqtisodiy komissiyasining (BMT YeIK) Ishchi guruhi Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi bilan birgalikda Shimoliy va Markaziy Osiyo mintaqasida temir yo'llarning raqamli transformatsiyasini tezlashtirish masalalariga bag'ishlangan navbatdagi yig'ilishni o'tkazmoqda.

Muloqotda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda "O'zbekiston temir yo'llari"AJ vakillari ishtirok etmoqda.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar temir yo'l transporti raqobatbardoshligini oshirish va xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida ushbu sohaga investitsiyalar va yuqori texnologiyalarni jalb etish masalalarini ko'rib chiqadilar.

Uchrashuv joriy yilning 26-27 oktabr kunlari bo'lib o'tgan Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun BMT maxsus dasturining Toshkent sessiyasining davomi hisoblanadi. Tadbir doirasida mintaqada xalqaro yuk tashish va temir yo'l transportini raqamlashtirish masalalari bo'yicha ekspertlar uchrashuvlari ham o'tkazilmoqda.