Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

OTBning Yillik yig'ilishining biznes sessiyasi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 29-sentabr kuni Osiyo taraqqiyot bankining Yillik yig'ilishining ikkinchi bosqichi doirasida OTB Boshqaruvchilarining biznes sessiyasi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasidan OTB Boshqaruvchisi, Bosh vazir o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev sessiya ishtirokchilariga O'zbekistonning OTB faoliyati doirasidagi yangi tashabbuslarga ochiqligini, hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini ta'kidlab, ushbu xalqaro moliyaviy tuzilmaning mamlakatimiz bilan o'zaro hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan qator takliflar bildirdi.

Bankning keyingi faoliyati rejalari ko'rib chiqilgan yig'ilish davomida Yakuniy rezolyutsiya qabul qilindi hamda OTBning moliyaviy va ma'muriy operatsiyalari bilan bog'liq hujjatlar tasdiqlandi.