Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

BMTTD, UNFPA va FAO qo‘shma dasturini Muvofiqlashtiruvchi kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 15-dekabr kuni videokonferensaloqa tarzida BMTning Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻp sheriklik trast jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTTD, UNFPA va FAOning "Orolboʻyi mintaqasidagi yoshlar  va aholining ijtimoiy zaif qatlamlarining iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarini hal qilish uchun moslashish imkoniyatlarini kengaytirish orqali ularning ijodiy va innovatsion salohiyatini oshirish" Qoʻshma dasturi doirasida Muvofiqlashtiruvchi Kengashning uchinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuvdan koʻzlangan maqsad Orolboʻyi mintaqasida yoshlar va aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Muvofiqlashtiruvchi kengashning uchinchi yig‘ilishida amalga oshirilgan ishlarning oraliq natijalari taqdim etilib, mazkur loyihaning vazifalari va maqsadlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda, shuningdek, 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisobotlar tinglandi hamda kelgusi yilda hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Badriddin Abidov mazkur dastur hukumatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim tashabbus ekanligiga urg'u berib, Orolbo‘yi mintaqasiga ko‘maklashish borasidagi ishlarni davom ettirish, Qo‘shma dastur doirasida to‘plangan tajribani kelgusi loyihalarda hisobga olish zarurligini ta’kidladi.

Tadbirda BMTTDning O'zbekistondagi doimiy vakili o'rinbosari Doyna Muntyanu vazirlik va boshqa hamkor tashkilotlarga ko'plab loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirdi va "vazirlik va idoralarning faol ishtiroki natijalarga muvaffaqiyatli erishish uchun muhim omil" ekanini qayd etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidagi Doimiy vakilining o‘rinbosari Otabek Abdreymov “Loyiha doirasidagi dastlabki aholi punktlari toza ichimlik suvi, sifatli elektr ta’minoti va aholining daromadi ortib borishi BMTTD tomonidan ko’rsatilgan amaliy yordamning ustuvor maqsadlaridan biri bo‘lganligini qayd etdi. U shuningdek, “Orol dengizining qurishi oqibatlarini bartaraf etish maqsadida dengizining qurigan tubida o‘rmonlar barpo etish, saksovul ko‘chatlarini qo‘lda ekish ishlari olib borilgani”ni ta’kidladi.