Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Qashqadaryo viloyati to‘qimachilik sanoati yana bir ishlab chiqarish obyekti bilan to‘ldi

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Umumiy qiymati 24 milliard so‘mlik investitsiya loyihasi “Mirishkor textile group” klasteri tarkibiga kiradi. Ushbu bosqichda korxonada 300 ta ish o‘rni yaratildi. Keyinchalik ishlab chiqarishni kengaytirish, ish o‘rinlari sonini 700 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Korxonada ishlab chiqarilayotgan tikuv va trikotaj mahsulotlarini Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Qozog‘iston, Xitoy va boshqa yaqin va uzoq xorij mamlakatlariga eksport qilish rejalashtirilgan.

Tadbirning ochilishida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi rahbariyati, mahalliy hokimliklar, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Amalga oshirilayotgan loyiha mamlakatimizda tadbirkorlik uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar yaratilgani samarasi ekani ta’kidlandi. Shuningdek, viloyatda ishlab chiqarish hajmini oshirish, xomashyoni qayta ishlash va to‘qimachilik mahsulotlari eksporti geografiyasini kengaytirish uchun yetarli resurslar mavjudligi qayd etildi.