Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

TIIF-2023 ko‘rgazmasida Toshkentning xalqaro moliya markazi sifatidagi salohiyati muhokama qilindi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Toshkentning xalqaro moliya markazi sifatidagi salohiyati: imkoniyatlar va ustuvor qadamlar” mavzusida “davra suhbati” bo‘lib o‘tdi.

Tadbir moderatori, IFC Digital tahliliy byurosining xalqaro eksperti Alena Dolgova O‘zbekiston sayyohlik markazi ekanligini ta’kidladi. Buxoro, Samarqand, Xiva kabi shaharlar dunyoning turli burchaklaridan kelgan sayohatchilarning diqqatga sazovor joylari sifatida tanilgan. Shu bilan birga, so‘zga chiqqanlar Toshkentning xalqaro moliya markazi sifatidagi istiqbollarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston poytaxti o‘zining noyob jo‘g‘rofiy joylashuvi, iqtisodiy o‘sish va siyosiy barqarorlik tufayli poytaxt bo‘lish uchun salmoqli salohiyatga ega.

Eurostep Limited bosh investitsiya maslahatchisi Charlz Xirsh O‘zbekistonda birinchi marta bo‘layotganini aytib, mamlakatni investitsiya salohiyati qiziq tuyilgani ta’kidladi. Shuningdek, u tadbirkorlik sohasidagi hamkorlikdan samaraliroq foydalanish, xavf-xatarlardan qochish bo‘yicha tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.

Bozorga kirishdagi to‘siqlarni kamaytirish, tartib-qoidalarni soddalashtirish va shaffoflikni oshirishni o‘z ichiga olgan qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish muhim rol o‘ynaydi. 

Davra suhbati ishtirokchilari moliya institutlarini rivojlantirish tendentsiyalari, shuningdek, inson kapitaliga sarmoya kiritishning ahamiyatini muhokama qildi.

“Buxoro va Samarqandning tarixiy shaharlari Ipak yo‘li davrida savdo markazlari bo‘lgan. Biroq, bizning davrimizda investorlar uchun qanday imkoniyatlar yaratilayotganini tushunish muhimdir. Toshkentda kapitalni ko‘paytirish va salohiyatli hamkorlarni jalb qilish uchun real istiqbol va yaxshi sharoitlar mavjud. Kapital bozorini oshirish kerak. Mamlakat ichidagi xususiy aktivlar ham moliyaviy inyeksiyalarni ta’minlashi, bu xorijiy investorlar uchun ham ko‘rsatkich bo‘lishi mumkin. Moliyaviy infratuzilma ham muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonda investorlar uchun sharoit yaratish borasidagi siyosiy iroda juda kuchli, bu yaxshi belgi”, — deydi Gapstone Group katta boshqaruvchi direktori Alfredo de Anjelis (Dino).  

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhom Norqulovning ta’kidlashicha, davom etayotgan xalqaro investisiya forumi o‘zaro tajriba almashish, dolzarb muammolarni muhokama qilishga xizmat qilmoqda. 

Mutaxassisning aytishicha, so‘nggi 6-7 yilda mamlakatda xususiylashtirish orqali davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki kamaymoqda. Ilhom Norqulov pul-kredit siyosati haqida gapirar ekan, O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanayotgan va juda yaxshi makroiqtisodiy bazaga ega davlat ekanini ta’kidladi.

Mutaxassislarning fikricha, rivojlanish uchun ham mahalliy, ham xorijiy investitsiyalarni jalb qilish zarur. Bu infratuzilma, texnologiya va kapital bozoriga investitsiyalar bo‘lishi mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish tadbirkorlik faolligi va iqtisodiy o‘sish darajasini oshiradi.

“Toshkent” fond birjasi boshqaruvi raisi Giorgiy Paresishvili va “Mosaic Financial” kompaniyasi boshqaruvchi direktori Robert Jensen poytaxtda xalqaro moliya markazini rivojlantirish va barpo etish istiqbollari mavjudligini ta’kidladi. 

Biroq, bu boradagi qonunchilikni uyg‘unlashtirish yo‘nalishida hal qilinishi kerak bo‘lgan ayrim masalalar ham mavjud.

“Bozor kafolatlarni olishi bilan u o‘sishda davom etadi. Toshkentni xalqaro moliya markaziga aylantirish g‘oyasi yaxshi, ammo uzoq muddatli maqsadlar zarur. Mavjud bozorni rivojlantirish uchun o‘nlab yillar kerak bo‘ladi. Menimcha, moliya markazi resurslar, g‘oyalar, qonunchilikning bir yo‘nalishda jamlanishidir. O‘zbekistonda zarur resurslar, kadrlar mavjud, ammo u samarali boshqaruv va uzoq muddatli maqsadlarga qat’iy rioya qilishni ham talab qiladi”, — deydi Avesta Investment Group hamkori Karen Srapionov. 

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri maslahatchisi Otabek Nazirov ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun iqtisodiyot rivojiga ham hissa qo‘sha oladigan investorlar kengashini tuzish zarur, deb hisoblaydi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent jahon hamkorlari bilan bir qatorda xalqaro moliya markazi sifatida harakat qilishi mumkin, ammo bu bir yilning o‘zida amalga oshmaydi. 

“Bundan tashqari, mamlakatga professional menejerlar kerak, demak, yangi kadrlar tayyorlash, ularning imkoniyatlarini O‘zbekistonda ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, moliya sektorini strategik rejalashtirish ustuvor vazifadir. Bu omillarning barchasi davlatimiz poytaxtini O‘zbekistonga kapital va yangi toifadagi investorlarni jalb qilish platformasiga aylanishiga ta’sir qilishi mumkin”, — deydi Otabek Nazirov.