Sayt yangilanmoqda
O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Toshkent xalqaro investitsiya forumi maydonida “Savdoni moliyalashtirish: kelajakka nazar” panel sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya ishtirokchilari bir qator masalalarni muhokama qildi. Xususan, jahon savdosini moliyalashtirish tizimi rivojlanishidagi ijobiy dinamikaga qaramay, ularning vositalarini olish jarayonining murakkabligi, jumladan, banklar, sug‘urta va eksport krediti agentliklarining turli talab va tartib-qoidalari o‘z imkoniyatlarini keskin cheklashi qayd etildi. Xususan, hozirgi vaqtda savdoni moliyalashtirish global savdo oqimlarining taxminan 80-90 foizini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga, 1,7 trillion dollarga yaqin garovsiz tranzaksiyalar mavjud bo‘lib, ularning 40 foizdan ortig‘i kichik va o‘rta biznesga tegishli operatsiyalardir.

Sessiyaga BBC World News tijorat vakolatxonasi rahbari Sergey Stanovkin moderatorlik qildi.

Sessiyani Convenient Capital asoschisi va bosh direktori Barri Rojers ochdi. U o‘z nutqida O‘zbekiston dunyodagi eng qiziqarli rivojlanayotgan mamlakatlardan biri ekanligini, chunki O‘zbekiston hukumati tadbirkorlik, xususan, soliq va bojxona ma’muriyatchiligini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratayotganini ta’kidladi. Bundan tashqari, u hatto Buyuk Britaniyada ham bunday narsa yo‘qligini ta’kidladi. Ma’ruzachi, shuningdek, muqobil moliyalashtirish manbalari imkoniyatlari haqida gapirib, firibgarlik kabi dolzarb mavzuga to‘xtalib o‘tdi. Bu muammoning eng yaxshi yechimi, uning fikricha, raqamlashtirish va busiz savdo moliyasining kelajagi yo‘q. 

Savdoni moliyalashtirish mavzusini davom ettirar ekan, kompaniyaning Chexiya va Slovakiyadagi savdo bo‘limi boshlig‘i Martin Grochal bugungi kunda xomashyo narxi o‘sishda davom etayotganini, shuning uchun kreditlar, subsidiyalar olish yoki biznesni rivojlantirishning turli variantlarini ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi. Jumladan, ma’ruzachi O‘zbekiston haqida gapirar ekan, mamlakatni ulkan salohiyatga ega eka deb hisoblashini aytib o‘tdi.

“O‘zbekiston bozorda ulkan salohiyatga ega mamlakat. Buni O‘zbekiston bozorini tahlil qiluvchi ko‘plab ekspertlar qayd etadi. Ularning barchasi bu yerda ekotizim qanchalik rivojlanganligini, kredit berishni, yangi tadbirkorlar uchun qanday imtiyozlar borligini ko‘radi. Bu yerda moliyalashtirish biznesni qo‘llab-quvvatlashning muhim qismlaridan biri bo‘lib, bu juda muhim”, — deya ta’kidladi ma’ruzachi.

Strukturaviy savdo va eksportni moliyalashtirish bo‘yicha ijrochi direktor Sardor Xolmahmadov ham o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. U Germaniyaning ko‘plab kompaniyalari O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekani va ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi.

KfW IPEX Bank GmbH bank guruhi vitse-prezidenti Yekaterina Galitsinaning fikricha, O‘zbekistonda moliyalashtirish manbalarini jalb qilish uchun ajoyib imkoniyat mavjud. Bundan tashqari, bu yerda ko‘plab xalqaro institutlar va turli tijorat banklari faoliyat olib boradi. Bu esa O‘zbekiston moliya tizimini turli yo‘nalishlarda rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Xalqaro islom savdo va moliya tashkiloti bosh operatsion direktori Nozim Nurdali bozor har yili o‘zgarib turishini ta’kidladi. Uning fikricha, ayni damdagi bozor o‘zgarishining asosiy katalizatori koronavirus pandemiyasi bo‘ldi. 

Sessiyani yakunlar ekan, “Asakabank” boshqaruvi raisi Qudratilla To‘laganov O‘zbekistonda so‘nggi yillarda biznes rivojlanayotgani, barcha sohalarda katta islohotlar amalga oshirilayotgani, shu bois moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotganini ta’kidladi.

Shundan kelib chiqqan holda ma’ruzachilar tadbirkorlik subyektlarining savdoni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish uchun hukumatlar va xalqaro tashkilotlar nima qilishi kerak, Markaziy Osiyoda savdoni moliyalashtirishning rivojlanishiga nimalar to‘sqinlik qilmoqda, qaysi zamonaviy vositalar samaraliroq ekani kabi dolzarb savollarga javob berdi.