Toshkentda Birlashgan Millatlar Tashkilotining SPEKA dasturi bo‘yicha Ishchi guruhining “Barqaror transport, tranzit va bog‘liqlik” mavzusida 27-chi navbatdagi sessiyasi o‘tkaziladi
Osiyo va Tinch Okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO), hamda BMT Yevropa Iqtisodiy komissiyasi bilan hamkorlikda joriy yilning 26-27 oktyabr kunlari Toshkentda SPEKA dasturi bo‘yicha Ishchi guruhning transport va logistika bog‘liqligini rivojlantirish masalalariga oid 27 - sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur tadbirda Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikasining tashqi savdo, transport vazirliklari, bojxona qo‘mitalari, temir yo‘l kompaniyalari, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, hamda yirik transport-logistika kompaniya rahbarlari ishtirok etadi.
Sessiya doirasida investitsiya va savdo aloqalarini yana-da rivojlantirish, xalqaro yuk tashuvlarining normativ va huquqiy bazasini takomillashtirish, transport va infratuzilma loyihalariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xalqaro yuk va yo‘lovchi tashuvlarida xavfsizlikni taʼminlashga oid dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.