Toshkentda "Germaniya iqtisodiyoti kuni" mavzusidagi konferentsiya bo'lib o'tmoqda
Joriy yilning 27 oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillari Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi ko'magida Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida tashkil qilingan "Germaniya iqtisodiyoti kuni" konferentsiyasida ishtirok etdilar.
Tadbirda Germaniya va O'zbekiston biznes hamjamiyatining 100 dan ortiq vakillari, investorlar, shuningdek, O'zbekiston vazirliklari va idoralari rahbarlari va mutaxassislari qatnashdilar.
Konferensiyani o'tkazishdan maqsad ishbilarmonlik aloqalarini yanada kengaytirish, ikki tomonlama savdoni rivojlantirish, qo'shma investitsiya loyihalari va tashabbuslarini ilgari surish istiqbollari va imkoniyatlarini aniqlash, umuman, har ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashdir.
Konferensiya dasturiga "Agrosanoat sektori", "Tog'-kon sanoati va metallurgiya" va "Kimyo sanoati" kabi eng istiqbolli tarmoqlar bo'yicha ma'ruzalar va taqdimotlar kiritildi. Mintaqada ish olib borayotgan nemis kompaniyalari o'z faoliyati haqida batafsil ma'lumot berishdi va tegishli sohalarda tajriba almashishdi.
Konferensiya doirasida B2B va G2B formatidagi muzokaralar va uchrashuvlar ham bo'lib o'tdi, unda har ikki mamlakat siyosiy va ishbilarmon doiralari vakillari hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollarini muhokama qilishdi.