Xorazm viloyatida investisiya sohasi xodimlari uchun seminar bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi tomonidan Xorazm viloyatida istiqbolli loyihalarga xorijiy investisiyalarni jalb etish, eksport hajmini oshirish hamda geografiyasini kengaytirish yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirish va tajriba almashishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Unda viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasining shahar va tuman bo‘limlari, boshqa mahalliy hokimiyat organlari, qator tijorat banklarining hududiy bo‘linmalari va sug‘urta kompaniyalari rahbar va xodimlari ishtirok etdi.
Mutaxassislar investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi, investorlar, tadbirkorlar, eksportyorlar olishi mumkin bo‘lgan imtiyozlar, preferensiyalarni eslatdi, shuningdek, joriy yilning o‘tgan davrida erishilgan natijalar va kelgusi yil rejalarini muhokama qildi.
Seminar konstruktiv muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi va unda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar hamda viloyatda eksport va investitsiya faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar.